O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolar uchun keshbek tizimi joriy etiladi

© Sputnik / Mariya NaumenkoNa territorii kreposti Ichan-Kala v Xive
Na territorii kreposti Ichan-Kala v Xive - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna bo‘lish
Prezident 1-sentabrdan fuqarolarning O‘zbekiston bo‘ylab sayohati uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qaytarish (keshbek) tizimi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 1-sentabrdan boshlab mamlakat bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolarga keshbek tizimi joriy etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan turizm sohasini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
1 sentabrdan boshlab mamlakat bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolarga:
avia, temir yo‘l va avtobus chiptalari narxining 15 foizini (aviatransportga 200 ming so‘mgacha, temir yo‘l va avtobusga 100 ming so‘mgacha);
mehmonxona xarajatining 20 foizini (bir kecha uchun – 80 ming so‘mgacha);
muzey va boshqa madaniyat obyektlariga chipta narxining 50 foizini (bitta obyekt uchun – 20 ming so‘mgacha) qaytarish tizimi joriy etiladi.
Bayram kunlari va festivallarda aholining faol sayohat qilishiga qulay sharoit yaratish uchun qo‘shimcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovini tashkil etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunda chiptalarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0