Iqtisod

Qorakoʻlchilar va pillachilar uchun soliq imtiyozlari uzaytirildi

© Sputnik / Georgiy Zelma / Fotobankka oʻtishV Uzbekistane sozdadut fonda dlya podderjki i razvitiya karakulevodstva
V Uzbekistane sozdadut fonda dlya podderjki i razvitiya karakulevodstva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Prezident qarori bilan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. “Respublikada goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, ipak qurti urugʻi, tut koʻchatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorakoʻlchilik bilan shugʻullanayotgan subʼyektlar, qorakoʻlchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va qorakoʻlchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun koʻzda tutilgan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.
Shu bilan birga Qorakoʻlchilik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha kreditlar Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qoʻshish orqali hisoblanadigan stavka boʻyicha ajratiladi.
kreditlar quyidagi shartlarda beriladi:
- tadbirkorlarga xorijdan goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi qoʻy va echkilar xarid qilish uchun – 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;
- tadbirkorlarga ularning ozuqa tsexlari (granulyator)ni, goʻsht, jun va sut mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha loyihalarini moliyalashtirish uchun – 10 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;
- xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga yaylovlarda chorva mollarining suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun suv chiqarish (quduqlar burgʻilash yoki mukammal taʼmirlash) va suv inshootiga resurs tejamkor uskunalar oʻrnatish uchun – 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan.
Yangiliklar lentasi
0