https://sputniknews-uz.com/20220427/qozogistonda-nazarboevning-imtiyozlari-togrisidagi-qonun-bekor-qilinishi-mumkin-24243825.html
Qozogʻistonda Nazarboyevning imtiyozlari toʻgʻrisidagi qonun bekor qilinishi mumkin
Qozogʻistonda Nazarboyevning imtiyozlari toʻgʻrisidagi qonun bekor qilinishi mumkin
Birinchi prezident va uning eng yaqin oila aʼzolari jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, degan norma chiqarib tashlanishi mumkin. 27.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-27T18:01+0500
2022-04-27T18:01+0500
2022-04-27T18:01+0500
dunyoda
nursulton nazarboyev
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/02/22497638_0:138:2605:1603_1920x0_80_0_0_ca9748a4379c6df1f90cc0f2c0f7a84f.jpg
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Qozogʻistonda sobiq davlat rahbari Nursulton Nazarboyevga qator imtiyoz va vakolatlar beruvchi Qozogʻistonning birinchi prezidenti – Elboshi (millat yetakchisi) toʻgʻrisidagi qonunni bekor qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda parlament majlisi (quyi palatasi) spikeri Yerlan Koshanov maʼlum qildi.Majlis spikeri konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlar endi Konstitutsiyaviy kengashda ekanligini tushuntirdi.“Konstitutsiyada sobiq prezidentlar toʻgʻrisida norma bor, bu qoida saqlanib qolgan va mamlakatning birinchi prezidentiga nisbatan qoʻllaniladi”, -deydi u.Shuningdek, palata spikeri referendum oʻtkazilishi yoki konstitutsiyaga oʻzgartirishlar parlament tomonidan qabul qilinishi borasida hozircha aniq qaror yoʻqligini taʼkidladi.Yerlan Koshanovning aniqlik kiritishicha, Nursulton Nazarboyev sobiq prezidentlar toʻgʻrisidagi qonun doirasida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi, pensiya oladi, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qiladi.“Birinchi prezident va uning eng yaqin oila aʼzolari jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, degan norma chiqarib tashlanadi”, - dedi Koshanov.Avvalroq, Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning yangi - mustaqil Qozogʻiston asoschisi maqomi berilishi va bu Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyilishi xabar qilingan edi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/02/22497638_142:0:2463:1741_1920x0_80_0_0_41817ca37d775a4dc3ad34719cbc462a.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
nursulton nazarboyev
Qozogʻistonda Nazarboyevning imtiyozlari toʻgʻrisidagi qonun bekor qilinishi mumkin
Birinchi prezident va uning eng yaqin oila aʼzolari jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, degan norma chiqarib tashlanishi mumkin.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Qozogʻistonda sobiq davlat rahbari Nursulton Nazarboyevga qator imtiyoz va vakolatlar beruvchi Qozogʻistonning birinchi prezidenti – Elboshi (millat yetakchisi) toʻgʻrisidagi qonunni bekor qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda parlament majlisi (quyi palatasi) spikeri Yerlan Koshanov
maʼlum qildi. “Oʻzgartirishlar (konstitutsiyaga - tahr.) Elboshi maqomini istisno qiladi. Nazarboyevning davlat asoschisi sifatidagi roli konstitutsiyada qoladi. Ushbu norma qabul qilinganidan keyin birinchi prezident toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonun ham oʻz kuchini yoʻqotadi”, - deydi Koshanov parlament yigʻilishida jurnalistlarga.
Majlis spikeri konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlar endi Konstitutsiyaviy kengashda ekanligini tushuntirdi.
“Konstitutsiyada sobiq prezidentlar toʻgʻrisida norma bor, bu qoida saqlanib qolgan va mamlakatning birinchi prezidentiga nisbatan qoʻllaniladi”, -deydi u.
Shuningdek, palata spikeri referendum oʻtkazilishi yoki konstitutsiyaga oʻzgartirishlar parlament tomonidan qabul qilinishi borasida hozircha aniq qaror yoʻqligini taʼkidladi.
Yerlan Koshanovning aniqlik kiritishicha, Nursulton Nazarboyev sobiq prezidentlar toʻgʻrisidagi qonun doirasida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi, pensiya oladi, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qiladi.
“Birinchi prezident va uning eng yaqin oila aʼzolari jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, degan norma chiqarib tashlanadi”, - dedi Koshanov.
Avvalroq, Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning yangi - mustaqil Qozogʻiston asoschisi maqomi berilishi va bu Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyilishi
xabar qilingan edi.