Video

Rossiya jami 46ta “Sarmat” jangovar raketa majmuasini quradi - video

© Sputnik / Russian Defence Ministry / Fotobankka oʻtishPusk mejkontinentalnoy ballisticheskoy raketы statsionarnogo bazirovaniya "Sarmat" s kosmodroma Plesetsk
Pusk mejkontinentalnoy ballisticheskoy raketы statsionarnogo bazirovaniya Sarmat s kosmodroma Plesetsk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Dmitriy Rogozinning soʻzlariga koʻra, yangi raketalarni xizmatga kiritish reja asosida amalga oshirilmoqda.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. “Roskosmos” 46 ta “Sarmat” strategik jangovar raketa tizimini qurib beradi. Bu haqda uning rahbari Dmitriy Rogozin “Solovyev Live” telekanali efirida maʼlum qildi.

“Kecha men “Sarmat”ning keyingi sinovlarini tashkil etish uchun “Roskosmos” hamkorligining tezkor shtab majlisini oʻtkazdim - men ushbu tezkor shtabga rahbarlik qilaman. Bizda jami 46 ta "Sarmat" strategik jangovar raketa tizimlari boʻladi”, dedi u efirda.

Rogozinning soʻzlariga koʻra, hozirda buyurtmachi liniyasi boʻyicha bir qator sinovlar rejalashtirilgan boʻlib, ular bilan operativ shtab shugʻullanadi. Yangi raketalarni xizmatga kiritish reja asosida amalga oshirilmoqda.
“Hammasi printsipial ravishda reja boʻyicha ketmoqda, shuning uchun biz bu yil davomida parvozlarni loyihalash sinovlarini oʻtkazishni rejalashtirmoqdamiz, bunga parallel ravishda biz Krasnoyarsk oʻlkasidagi birinchi polkni jihozlash uchun seriyali raketalar ishlab chiqarmoqdamiz — bu Ujur diviziyasi”, deya qoʻshimcha qildi Rogozin.
“Sarmat” qitʼalararo ballistik raketasi V.P.Makeyev nomidagi davlat raketa markazida (“Roskosmos”ning bir qismi) ishlab chiqilgan, ishlab chiqaruvchisi Krasmash zavodi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, MBR RS-28 “Sarmat”ning ogʻirligi 10 tonnagacha boʻlgan "yukni" (masalan - jangovar kallaklar) Shimoliy va Janubiy qutblar orqali dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazishga qodir.
Eslatib oʻtamiz, 20 aprel kuni Rossiya harbiylari “Sarmat” qitʼalararo ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazishdi. Raketa Kamchatkadagi belgilangan nishonni yakson qilgan edi.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mazkur ballistik raketaning muvaffaqiyatli uchirilishi bilan harbiylarni qutlagandi.
“Raketa tizimi Rossiyaning xavfsizligini taʼminlaydi va unga tahdid qilmoqchi boʻlgan oʻsha haddan oshganlarni oʻylashga majbur qiladi”, degan edi prezident.
Yangiliklar lentasi
0