Kolumnistlar

Sarmat - Rossiyaning "qoʻlga tushmas qasoskori"

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishIspыtaniye novoy ballisticheskoy raketы "Sarmat"
Ispыtaniye novoy ballisticheskoy raketы Sarmat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Sarmat" raketasi sinovlarining muvaffaqiyatli boshlanishi Rossiyaning yuqori texnologiyali qurollar sohasida jahon yetakchiligini tasdiqlaydi, xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlarni namoyish etadi va NATO harbiy blokining foydasizligini taʼkidlaydi.
TOSHKENT, 27 apr - Sputnik. Plesewk kosmodromidan 20 aprel kuni eng ogʻir qitʼalararo ballistik raketa (QBR) - "Sarmat" muvaffaqiyatli uchirildi, u oʻquv bloklarini Kamchatkada joylashgan Kura poligoniga - uchirish nuqtasidan 5700 km uzoq - muvaffaqiyatli yetkazib berdi. Parvozning barcha bosqichlarida raketaning belgilangan xususiyatlari tasdiqlanadi.
Eng yangi raketaning davlat sinovlari kuzgacha yakunlanadi, keyin strategik raketa kuchlariga seriyali ishlab chiqilgan raketalarni yetkazib berish boshlanadi.
Krasnoyarsk raketa tuzilmasida "Sarmat" QBR bilan jihozlangan birinchi polk (shaxta modifikatsiyasida) 2022 yil oxirida jangovar navbatchilikka kirishishga tayyorlanmoqda.
Parvoz masofasi 18 000 km boʻlgan "Sarmat" raketasi bugungi kunda dunyodagi eng qudratli raketa hisoblanadi. U "Voyevoda" (NATO tasnifi boʻyicha - "Shayton") QBRsining munosib oʻrinbosar hisoblanadi. "Sarmat" - ehtimoliy raqibga Shimoly yoki Janubiy qutb orqali zarba berishi mumkin. U ogʻirligi 10 tonna boʻlgan "foydali yuk"ni manzilga yetkazishi mumkin. Bu har biri 800 kilotona boʻlgan 10ta oʻzi nishonga oluvchi jangovar kallak degani. Bir dona "Sarmat" 700 ming m. kv. maydonda raqibning tirik joni va harbiy texnikasini yoʻq qilishga qodir. Bu bitta Texas shtati, bir yarimta Frantsiya va uchta Britaniya degani.
Qitʼalaaro ballistik raketaning jangovar jihozlanish darajasi ham sezilarni miqyosda kengaytirilgan. "Foydali yuk" tarkibida haqiqiy va soxta jagngovar kallaklardan tashqari gipertovushli planerlar ham boʻlishi mumkin. "Sarmat" bugungi kunda mavjud raketaga qarshi mudofaa tizimidagi barcha mavjud va kelajakdagi tizimlarini yengib oʻtishga qodir, dunyoning istalgan nuqtasida nishonlarni yakson qilishi kafolatlanadi. Bu esa Rossiya Federatsiyasining strategik yadroviy kuchlari kuchiga sezilarli yangi kuch qoʻshadi.
"Sarmat" - bu Rossiyaning qoʻlga tushmas, qarshilik koʻrsatib boʻlmas, Rossiyaning moddiylashtirilgan yuksak ruhidir, "sheriklar" uchun esa texnologik jihatdan erishib boʻlmas choʻqqidir. Ushbu nuqtai nazardan yangi raketaning muvaffaqiyatli sinovi ahamiyati - har qanday yuksak bahoga loyiqdir. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taʼkidlashicha, "Sarmat"ga oʻxshash raketa hali uzoq vaqt davomida boshqalarda paydo boʻlmaydi va Rossiyaga “jahl aralash tajovuzkor tahdidlar" qilayotgan ayrim mamlakatlarni bosh qotirishga majbur qiladi.
Amerikaning "yagona va betakrorligi" toʻgʻrisidagi afsonalar va Gʻarbdan oqib kelayotgan "dezinformatsiya" oqimlaridan farqli oʻlaroq, Sarmat MBRning safga turishi - "hamkorlarga" dunyoning koʻp qutbli ekanini eslatib qoʻyadi va ularni texnologik va geosiyosiy reallikka qaytaradi hamda oʻzlarining orqa qatordagi oʻrniga oʻtqazadi.
Taqqoslash uchun: Ameriukaning Minuteman III - dunyodagi eng eskirgan Amerika ballistik raketasi (50 yil oldin ishlab chiqilgan va 3 marta modifikatsiya qilingan) - taxminan 10 ming km masofaga uchadi. Bu Rossiyaning safdan chiqarilayotgan "Voyevoda" (30 yildan ortiq xizmat qiladi) raketasidan ham orqada.
Minuteman III QBRlarining yerdagi arsenalini almashtirish - 264 milliard dollarga baholanmoqda. Pentagon buni ustuvor vazifalar roʻyxatidan chiqargan. Amerikaning Ground Based Strategic Deterrent strategik loyihasi - hozir loyiha darajasida va "Sarmat"ning raqibi boʻla olmaydi.
Qoʻshma Shtatlar gipertovush muammosini hal qila olmayapti, uning yadroviy ittifoqchilari - Buyuk Britaniya va Frantsiya - quruqlikdagi yadroviy raketalardan mutlaq voz kechigan va QBRlarni faqat suv osti kemalarida joylashtirmoqda.

Haqiqiy mukammallik

Amerikalik "Minuteman bobo" qudratli rus "Sarmat"i raqobatga mutlaq mos boʻlmagani sababli "Sarmat"ni uning akasi "Voyevoda" bilan solishtirish toʻgʻriroq boʻladi.
"Voyevoda" 8 tonnadan ortiq ogʻirlikdagi jangovar kallakni 16 000 kmgacha boʻlgan masofaga yetkazishga qodir. "Sarmat" esa yangi dvigatellarga ega, uning statsionar va mobil modifikatsiyalari bor, u 2000 km uzoqroq uchadi va deyarli ikki tonna koʻproq "foydali yuk" koʻtaradi. Uning gipertovushli kallaklari raketaga qarshi mudofaaning har qanday tizimini yengib oʻtishga qodir. "Sarmat" faqat Rossiyada ishlab chiqariladigan butlovchi qismlardan yigʻilishi ham muhim omildir.
"Voyevoda" va "Sarmat" raketalari texnik koʻrsatgichlari boʻyicha bir-biriga yaqin, shu bilan birga NATOning Aegis, THAA kabi havo mudofaa tizimlarini yengib oʻtishi haqida ochiq manbaalarda maʼlumot yoʻq. Maʼlumki, "Voyevoda" jangovar kallaklari soxta elementlar bulutida nishonga uchadi. Albatta, "Sarmat" yanada rivojlangan himoya tizimlariga ega.
"Voyevoda" ning nishondan ehtimoliy ogʻishi 500 metrni tashkil qiladi va eng soʻnggi ISBM aniqligi boʻyicha undan kam boʻlishi mumkin emas. "Sarmat" ning asosiy farqi - yuqori aniqlikdagi yadrosiz zarba berish imkoniyatidir.
Atmosferada taxminan 15 Max (18000km/s) tezlikda harakatlanayotgan jismni hech qanday havo mudofaa tizimi itoʻxtatib qola olmaydi, shu bilan birga bunday tezlikda uchayotgan jismning kintik energiyasining oʻzi ham "atom" bobmbasidek xarar yetkazishi mumkin, radiatsiya kerak ham emas.
"Sarmat" uchun maxsus yaratilgan "Avangard" gipertovushli blok - "Avangard" strategik maqsadli Rossiya raketa qoʻshinlarining (RVSN) Dombarovskdagi divizionida 2019 yildan buyon joylashtirilgan. RVSN raketa shaxtalari hatto yadroviy zarbaga ham dosh berishi mumkin. Rossiyaning strategik yadroviy kuchlari zamon talablariga javob berib, yanada mukammal va samaraliroq boʻlib bormoqda.
Rossiyada 21-asr boshida 4 turdagi jangovar kallaklarga ega boʻlgan 58 ta R-36M2 "Voyevoda" QBRga ega boʻlgan. Ularning tarkibida "ogʻir" monoblokdan tortib 800 kilotona sigʻimga ega nisbatan yengil jangovar kallaklar ham bor edi.
2022 yildan boshlab jangovar navbatchilikka kirishayotgan yangi ogʻir raketalar sonini oldindan aytish mumkin. Dunyoda xavflar soni tobora ortib bormoqda. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi hali "Sarmat"lar soni boʻyicha oʻz rejalarni eʼlon qilmagan. Amerika razvedka hamjamiyati, va CNBC telekanali, ularning soni kamida 60ta boʻlishini taxmin qilmoqda.
Rossiyaning havo va dengiz qkurollarida joylashtiriluvchi strategik raketalari bilan solishtirganda, "Sarmat" QBRoʻzining oʻta uzoq masofaga uchishi, yuqori manevrlik xususiyati va kallaklari soni bilan ustun turadi.

Amerikaliklar "Sarmat"ni, yadroviy urush qurollarini yakson qiluvchi Rossiyaning eng mukammal strategik quroli deb baholashmoqda, yaʼni amerikaning 450ta Minuteman III raketalarining barchasini.

Bitta "Sarmat" 7,5 megatonnaga teng yadroviy quvvatga ega zaryadni manzilga yetkazishi mumkin. Bu 37 mln fuqaroni yoʻq qilish degani. Butun mamlakatni yoʻq qilish uchun 10ta raketa yetarli. SNV-3 shartnomasi boʻycha Rossiya 1550tagacha jangovar bloklar, 700ta uchirish uskunalariga ega boʻlishi mumkin. Ularning 60% - doimiy shay turuvchi shaxta va mobil raketalar boʻlishi kerak.
Rossiyaning uchta strategik raketa armiyalari va 12ta raketa diviziyalarining quvvati - har qanday agressorni "qurolsizlantirishga" yetadi. Gʻarb xavotirga tushgan, AQSH - tahlikaga. Shu sababli Rossiyaga qarshi faqat sanktsiyalar bilan kurashishmoqda.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning telegram kanaliga obuna boʻling.
Yangiliklar lentasi
0