Kolumnistlar

Ukraina uchun lend-liz kengaytirildi: koʻpriklarni yoqish vaqti keldi

© Sputnik / RIA Novosti / Fotobankka oʻtishUnichtojennaya voyennaya texnika Voorujennыx sil Ukrainы v Xersonskoy oblasti
Unichtojennaya voyennaya texnika Voorujennыx sil Ukrainы v Xersonskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Amerikaliklar frontga qurol yetkazib berish jarayonlarini nazorat qilmayapti va yoʻqotishlarni hajmni koʻpaytirish, yaʼni oʻz ittifoqchilari va sheriklarini lend-lizga jalb qilish evaziga kompensatsiya toʻlashga majbur boʻlmoqda.
AQSH va NATOning oʻylamasdan Kiyev rejimiga qurol-yarogʻ yetkazib berishga majburlash Ukraina armiyasi va uning safarbarlik resurslarini butunlay yoʻq qilish hisobiga Rossiyaning mudofaa salohiyatini zaiflashtirish istagi borligini bildiradi. Ukraina AQSH “gegemonligi”ga asoslangan jahon tartibi uchun Gʻarbning kollektiv geosiyosiy kurashida doimiy sarflanadigan moddiy va “garov yoʻqotishlariga” aylanib boryapti.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Pentagon rahbari Lloyd Ostin yakshanba kuni Kiyevga tashrif buyurib, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Shu bilan birga, afro-amerikalik Ostin yahudiy Zelenskiyni natsist Bandera shiori bilan kutib oldi va dushanba kuni u “Ukraina-Rossiya urushi”dan koʻzlangan maqsad “Rossiyani zaiflashtirish” ekanligini aytdi. Oʻz navbatida, Entoni Blinken Ukraina bu urushda “muvaffaqiyatga erishganini” taʼkidladi.
Kiyev rejimining moliyaviy jihatdan erishgan yutuqlari koʻzga tashlangulik – amerikaliklar bir oy ichida Kiyevga 700 million dollarlik uchinchi harbiy yordam paketi ajratilishini eʼlon qildi. Qandaydir harbiy muvaffaqiyatlar maʼlum emas - Ukraina Qurolli Kuchlari ikki oy davomida mudofaa qildi, orqaga chekindi va ishchi kuchi va texnikada katta (oʻrnini toʻldirib boʻlmaydigan) yoʻqotishlarga duch keldi. Asirga olingan Ukraina harbiylarining soni 4000 ming kishidan oshgan va asirga olinganlar soni hamon koʻpaymoqda.
“Ukraina urushda “toʻgʻri jihozlar va toʻgʻri yordam” bilan gʻalaba qozonishi mumkin”. Ehtimol, Ostinning bu vazmin daʼvosi shundan kelib chiqkan.
Yaqin vaqtgacha Kiyev rejimi uchun NATO Sharqiy Yevropa davlatlarining “sovet” tanklari, piyoda jangovar mashinalari va zenit-raketa tizimlari (Varshava shartnomasi merosi), shuningdek Amerikaning texnologik jihatdan eskirgan Stinger koʻchma raketa komplekslari, Javelin tankka qarshi boshqariladigan raketalari (yoki ularning Yevropadagi muqobillari) “toʻgʻri” deya hisoblanib kelingan.
Ukraina Qurolli Kuchlariga topshirilgan oʻnlab zirhli texnikalar va minglab koʻchma raketa tizimlari (birinchi paket qiymati 800 million dollar) Rossiya Qurolli Kuchlarining arsenallarga va joylashtirilish hududiga yetib bormasdan vayron qilingan. Va juda koʻp texnikalar esa Ukraina amaldorlari tomonidan oʻgʻirlangan va “ortiqcha” qurol sifatida Afrika mamlakatlariga joʻnatilgan.
Amerikaliklar frontga qurol yetkazib berish jarayonlarini nazorat qilmayapti va yoʻqotishlarni hajmni koʻpaytirish, yaʼni oʻz ittifoqchilari va sheriklarini lend-lizga jalb qili evaziga kompensatsiya toʻlashga majbur boʻlmoqda.
26 aprel kuni AQShning Ramsteinhavo kuchlari bazasida (Ostin boshchiligida) 40 ta davlat vakillari Ukrainaga “kengaytirilgan va dushmanga halokatli yordam” masalasini muhokama qiladi. Bundan tashqari, 20 mamlakat saʼy-harakatlarni kuchaytirishga tayyorligini allaqachon bildirib oʻtgan.

Artilleriya test-drayvi

AQShning jami 1,5 milliard dollarlik (800 mlrd + 700 mlrd) harbiy yordamning ikkinchi va uchinchi paketlari oʻrtasidagi farq shundaki, roʻyxatda ogʻir qurollar paydo boʻlgan. Eng zamonaviysi boʻlmasa ham biroq, eskalatsiya tendentsiyasi oʻsib bormoqda.
AQSH Davlat kotibi va Pentagon rahbarining yangi qurol yetkazib berish kelishuviga erishish maqsadida Kiyevga kelishi ortiqchadek koʻrinadi. Bu kabi masalalar odatda yopiq aloqa liniyalari orqali hal qilinadi. Jiddiyroq ishlar ham muhokama qilingan. Balki amerikaliklar “Azovstal” yertoʻlalarida AQSH va NATOning yuqori martabali zobitlari borligidan xavotirdadir.
Rossiyaga qarshi kurashda oʻzaro hamkorlikning sifat jihatidan oʻsgani ham istisno emas - 300 kmgacha boʻlgan RSZO M142 HIMARS va boshqa texnikalarning Ukrainaga yetkazilishi (logistika va jangovar taktika boʻyicha maxfiy instruktaj).
Kiyev rejimi yaqinda AQShdan: 1400 ta “Stinger”, 5500 ta “Javelin”, 14000 ta boshqa “boshqariladigan tankka qarshi raketa”, 200 ta bronetransportyor, 120 ta uchuvchisiz apparat, shuningdek, 90 ta 155 mm lik kalibra gaubitsalari va ularga 140 000 dan ortiq snaryadlarni qabul qilib oladi. Britaniya Ukrainaga 20 ta oʻziyurar artilleriya moslamalari (SAU) AS-90 155 mmli kalibra va ularga 45 ming ta artilleriya snaryadlarini joʻnatmoqchi. Oq uy Ukraina uchun yangi may oyi yordam paketini tayyorlamoqda. Bu Ukraina Qurolli kuchlarining tanklar boʻyicha jangovar salohiyatini oshiradi.
Germaniya 1970-yillarda ishlab chiqarilgan 100 ta Marder jangovar piyoda mashinalari, “eski zaxiralardan” 50 tagacha Leopard-1tanklari va va texnika tashish uchun zirhli shataklarni eksport qilishga tayyor. Kanada xizmatdagi 37 ta 155 mm gaubitsadan toʻrttasini (bepul emas) sovgʻa qildi. Chexiya va Polsha “sovet” D-30 tortma gaubitsalari, “Gvozdika” SAU, “Grad” RSZO BM-21 va T-72 tanklarini yubormoqda. Niderlandiya, Frantsiya, Ispaniya, Slovakiya, Avstraliya, Kanada va Turkiya ham bu jarayonda faol.
Taʼkidlash lozim, Donbassdagi 400 kilometrlik frontda (Izyumdan Gulyaypolegacha) Gʻarb yetkazib bergan qoʻshimcha 100-200 ta artilleriya yoki bronetransportyorlar Ukraina Qurolli kuchlari uchun (hatto ular yetib kelgan taqdirda ham) yordam bermaydi. Artilleriyadan muvaffaqiyatli foydalanish uchun har bir kilometrga sifat jihatidan farq qiladigan olov zichligi talab qilinadi va faqat uchuvchisiz apparat aniqlikni taʼminlay oladi.
Bu NATO standartlari boʻyicha yuzlab artilleriyachilar va uchuvchisiz apparat operatorlarini tayyorlash muammosini keltirib chiqaradi. Polsha hududida 20 apreldan boshlab ukrainalik mutaxassislarni M777 (Britaniyada ishlab chiqarilgan) 155 mm dala tortma gaubitsalaridan foydalanish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.
Shu bilan birga, yevropaliklar Ukrainaga koʻp miqdorda qurol yetkazib berish ularning oʻz mudofaa salohiyatini kamaytirishi va maxfiyligini yoʻqotishidan qoʻrqmoqda.

Logistikaning yoʻq qilinishi

Polshaning Jeshuv aviabazasiga (Ukraina chegarasidan 70 km uzoqlikda) 24 soat ichida ikkita C-17A harbiy transport samolyoti, toʻrtta Boeing 747 transport samolyoti, bitta Britaniya C-17A va Ukrainaning bitta An-124-100 rusumli samoletlari Kiyev rejimi uchun qurol-yarogʻlar bilan yetib keldi. Deutsche Welle xabariga koʻra, AQSH va NATO Dneprning oʻng qirgʻogʻida, Kiyev atrofida qurol-yarogʻlarning yangi partiyalarini joylashtirmoqchi, shuningdek, Ukrainaning gʻarbiy viloyatlarida kuchli mustahkamlangan hududlar yaratmoqchi.
Gʻarbning Ukrainaga qurol-yarogʻ bilan taʼminlashning faollashgani va kengaygani fonida, Ukraina Qurolli Kuchlari arsenallarini oldingi va chuqur operatsion orqada “demilitarizatsiyalash”, logistikani tamomila yoʻq qilish Rossiya uchun dolzarb boʻlib bormoqda. Poltava viloyatining Kremenchug shahrida 24 aprel kuni “Kalibr” qanotli raketalari xorij qurollari joylashgan xabni yoʻq qildi. 23 aprel kuni Odessa yaqinidagi harbiy aerodromda gʻarbiy qurollarning katta partiyasi boʻlgan logistika terminali raketa hujumidan vayron boʻldi. Avvalroq Lvov chekkasida joylashgan Ukraina Qurolli kuchlarining logistika markazi “demilitarizatsiyalangandi”. Rossiya Havo-kosmik kuchlari, Harbiy-dengiz floti, raketa qoʻshinlari va artilleriyasi shunday oʻnlab zarbalari bilan AQSH va NATOning Kiyev rejimiga bergan harbiy yordamiga har kuni putur yetkazadi.
Rossiyaning Kiyev rejimiga taʼminotni toʻxtatish toʻgʻrisida AQShga yollagan notasi qatʼiy choralar bilan mustahkamlangan. Ukraina transport aloqalarini va koʻpriklarini uzish yaʼni Gʻarbdan kelayotgan harbiy yordamning “oʻlchovsiz” oqimini toʻxtatish vaqti keldi. Oʻta muhim koʻpriklar soni qirqdan sal koʻp, yana bir qancha temir yoʻl elektrpodstansiyalari va kesishmalari bor, biroq bu vazifani uddalash mumkin.
25 aprel kuni havo hujumdan ogohlantirish sirenasi deyarli butun Ukrainada boʻylab yangradi. Lvov, Vinnitsa, Nikolayev, Xarkov, Dnepropetrovsk, Poltava va Odessa viloyatlarida Ukraina Qurolli kuchlarini demilitarizatsiya qilishning kunduzgi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Rossiya Qurolli Kuchlari raketa zarbalari bilan “Nezalejnaya” hududi boʻylab tortish podstansiyalari va muhim temir yoʻl kesishmalarini oʻchirib qoʻyishni boshladi. Ukraina Qurolli Kuchlari uchun Gʻarb qurollari oʻrnatilgan tarkiblar toʻsib qoʻyilgan, biroq hali “tozalanadiganlar” koʻp.
NATO davlatlari bilan transport aloqalari butunlay uzilgach, Kiyev va Vashingtonda manevr qilish uchun joy sezilarli darajada torayadi va Ukraina Qurolli Kuchlari uchun yangi qozonlarning paydo boʻlish ehtimoli keskin oshadi. “Gʻarb bizga yordam beradi” degan oʻyda Kiyev rejimining faqat aqlsiz vakillarigina Rossiya bilan kurashishi mumkin.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon: 141 ta samolyot, 110 ta vertolyot, 566 ta uchuvchisiz uchish apparati, 265 ta zenit-raketa kompleksi, 2526 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 283 ta zalp olovi reaktiv tizimi oʻrnatmalari, 1096 ta dala artilleriyasi va minomyotlar, shuningdek, 2362 dona maxsus harbiy texnika yoʻq qilingan.
Yangiliklar lentasi
0