Jamiyat

“Ural Airlines” Oʻzbekistonga boʻlgan barcha parvozlarni yarim yilga bekor qildi

© Sputnik / Georgiy Zimarev / Fotobankka oʻtishSamolyot Airbus A320 aviakompanii "Uralskiye avialinii"
Samolyot Airbus A320 aviakompanii Uralskiye avialinii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistondan tashqari, Qozogʻiston, Armaniston, Ozarbayjonga ham parvozlar bekor qilingan.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiyaning “Ural Airlines” aviakompaniyasi 29 oktyabrgacha Oʻzbekistonga barcha parvozlarni bekor qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oʻzbekistondan tashqari, Qozogʻiston, Armaniston, Ozarbayjonga ham parvozlar bekor qilingan. Bunga Yevropa davlatlari havo hududining yopilgani sabab qilib koʻrsatilgan. Boshqa tushuntirishlar berilmagan.
Avvalroq “Rossiya” aviakompaniyasi 2 maydan boshlab Moskvadan Buxoro, Samarqand, Urganch shaharlariga muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0