https://sputniknews-uz.com/20220428/aqsh-biolaboratoriya-24259620.html
Patrushev dunyoda yuqumli kasallik avj olishini AQSH biolaboratoriyalari bilan bogʻladi
Patrushev dunyoda yuqumli kasallik avj olishini AQSH biolaboratoriyalari bilan bogʻladi
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Ukraina hududidagi bu noqonuniy faoliyatning tekshiruvlari AQSH tadqiqotlarining asl basharasini koʻrsatishini maʼlum qildi. 28.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-28T13:25+0500
2022-04-28T13:25+0500
2022-04-28T13:25+0500
dunyoda
biolaboratoriya
aqsh
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/1c/24259416_0:0:1363:767_1920x0_80_0_0_e7202a7d825dd493cba8d8ee800bad9c.jpg
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Dunyoning ayrim mamlakatlarida kuzatilayotgan yuqumli kasalliklar avj olishi AQSH biolaboratoriyalari faoliyati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev maʼlum qildi.Uning soʻzlariga koʻra, SSSR parchalangandan keyin amerikaliklar sobiq ittifoq respublikalari hududida biolaboratoriyalari tarmoqlarini ochishgan. Patrushev Ukraina, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Gruziya, Armaniston va Ozarbayjonni misol tariqasida keltirdi.Patrushev u yerda AQSH va uning yugurdaklari “ilmiy tadqiqotlarlarni niqob qilib olib, harbiy-biologik faoliyatni olib borishgan” boʻlishlari mumkinligini istisno qilmadi.U Ukraina hududidagi bu noqonuniy faoliyatning tekshiruvlari AQSH va uning ittifoqchilarining shunga oʻxshash tadqiqotlarining asl basharasini koʻrsatishini qoʻshimcha qildi.Pentagon Ukrainadagi harbiy biologik dasturi uchun 200 mln dollardan ortiq mablagʻ sarflagan. Xususan, vabo va kuydirgi patogenlari bilan shugʻullanadigan biologik laboratoriyalar ishiga yuz million dollardan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan. Ular butun mamlakat hududida 30 ta biologik laboratoriyalar qurgan.Rossiya maxsus operatsiyasi boshlangandan soʻng, biologik qurollar dasturi bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar, xavfli virus patogenlari yoʻq qilindi yoki Ukrainadan olib ketildi. Shunday boʻlsada Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu laboratoriyalar borasida koʻplab maʼlumotlarni qoʻlga kiritgan.Mavzuga oid:
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/1c/24259416_167:0:1190:767_1920x0_80_0_0_229a685698e5e3b9a126ac7d594c4620.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
biolaboratoriya, aqsh
Patrushev dunyoda yuqumli kasallik avj olishini AQSH biolaboratoriyalari bilan bogʻladi
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Ukraina hududidagi bu noqonuniy faoliyatning tekshiruvlari AQSH tadqiqotlarining asl basharasini koʻrsatishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Dunyoning ayrim mamlakatlarida kuzatilayotgan yuqumli kasalliklar avj olishi AQSH biolaboratoriyalari faoliyati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, SSSR parchalangandan keyin amerikaliklar sobiq ittifoq respublikalari hududida biolaboratoriyalari tarmoqlarini ochishgan. Patrushev Ukraina, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Gruziya, Armaniston va Ozarbayjonni misol tariqasida keltirdi.
Patrushev u yerda AQSH va uning yugurdaklari “ilmiy tadqiqotlarlarni niqob qilib olib, harbiy-biologik faoliyatni olib borishgan” boʻlishlari mumkinligini istisno qilmadi.
“Qator mamlakatlarda kuzatilayotgan yuqumli kasalliklar avj olishi oʻsha biolaboratoriyalar faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlishi mumkin”, -
dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi.
U Ukraina hududidagi bu noqonuniy faoliyatning tekshiruvlari AQSH va uning ittifoqchilarining shunga oʻxshash tadqiqotlarining asl basharasini koʻrsatishini qoʻshimcha qildi.
Pentagon Ukrainadagi harbiy biologik dasturi uchun 200 mln dollardan ortiq mablagʻ sarflagan. Xususan, vabo va kuydirgi patogenlari bilan shugʻullanadigan biologik laboratoriyalar ishiga yuz million dollardan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan. Ular butun mamlakat hududida 30 ta biologik laboratoriyalar qurgan.
Rossiya maxsus operatsiyasi boshlangandan soʻng, biologik qurollar dasturi bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar, xavfli virus patogenlari yoʻq qilindi yoki Ukrainadan olib ketildi. Shunday boʻlsada Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu laboratoriyalar borasida koʻplab maʼlumotlarni qoʻlga kiritgan.
Mavzuga oid: