Iqtisod

Ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga berilgan QQS imtiyozlari yana uzaytirilishi mumkin

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Fotobankka oʻtishButыlki s rastitelnыm maslom na prilavke magazina, foto iz arxiva
Butыlki s rastitelnыm maslom na prilavke magazina, foto iz arxiva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Goʻsht, oʻsimlik yogʻi kabi mahsulotlar importiga berilgan QQS imtiyozlari yil oxiriga qadar uzaytirilish taklif qilinmoqda.
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Oʻsimlik yogʻi, goʻsht va kartoshka mahsulotlari importi hamda realizatsiyasi uchun qoʻshimcha qiymat soligʻidan (QQS) berilgan imtiyozlar muddati uzaytirilishi mumkin. Bu haqda deputat Doniyor Gʻaniyev maʼlum qildi.
Yil boshidan buyon 30 aprelga qadar Oʻzbekiston hududiga oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, shuningdek soya danagini olib kirish hamda oʻsimlik yogʻini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalari QQSdan ozod qilingan. Xuddi shu muddatda goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma, shuningdek, ularni mamlakat hududiga olib kirish QQSdan ozod qilingan.
Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasiga koʻra, amaldagi imtiyozlar muddati (tovuq goʻshti va baliqdan tashqari) 2022 yil 31 dekabrgacha uzatirilishi mumkin.
Deputatning manbasiga tayanib yozishicha, banan, ananas va boshqa tsitruslar uchun bojdan ozod qilish boʻyicha 1 mayga qadar berilgan imtiyozlar muddati ham yil oxirigacha uzaytirilishi mumkin.
“Tan olish joizki, bu harakatlar barchasi aholi farovonligini taʼminlash, ularning xarid qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, inflyatsiya darajasini 10-12 foiz atrofida ushlab turish imkonini beradi", - deb hisoblaydi Gʻaniyev.
Yangiliklar lentasi
0