https://sputniknews-uz.com/20220428/boyrak-transplantatsiyasi-barcha-hududlarda-yolga-qoyiladi-24265843.html
Boʻyrak transplantatsiyasi barcha hududlarda yoʻlga qoʻyiladi
Boʻyrak transplantatsiyasi barcha hududlarda yoʻlga qoʻyiladi
Transplantatsiya haqidagi yangi qonun kasallanish va inson aʼzolaridagi qaytarib boʻlmaydigan jarayonlar tufayli oʻlimga olib keluvchi holatlarni qisqartirishga xizmat... 28.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-28T19:18+0500
2022-04-28T19:18+0500
2022-04-28T19:18+0500
jamiyat
inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi
senatorlar
tanzila norboyeva
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/05/1d/18972493_0:189:3073:1917_1920x0_80_0_0_7f57b4f4eaa3bc9f2183e9a4014bc23a.jpg
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi qonun bilan mustahkamlanadi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi yigʻilishida maʼlum qilindi.Bugungi majlisda davlat rahbari tomonidan bildirilgan takliflar asosida takomillashtirilgan “Inson aʼzolari va toʻqimalari toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi.Taʼkidlanishicha, qonun kasallanish va inson aʼzolaridagi qaytarib boʻlmaydigan jarayonlar tufayli oʻlimga olib keluvchi holatlarni qisqartirishga xizmat qiladi.Uning soʻzlariga koʻra, barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyotini yoʻlga qoʻyish zarur. Buning uchun tegishli tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika va kadrlar salohiyatini oshirish kabi yoʻnalishlarda qator vazifalar aniq muddatlar bilan belgilangan.Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda buyrak koʻchirib oʻtkazish, jigar va oʻzak hujayra amaliyotlari kengayib bormoqda. Soʻnggi yillarda 700 dan ortiq ana shunday operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarildi. Xususan, bugungacha transplantatsiya amaliyotlari Samarqand, Namangan, Xorazm, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida oʻtkazilgan.Aytish joizki, bir necha yil oldin ushbu kabi operatsiyalarni amalga oshirish uchun Oʻzbkiston fuqarolari chet el davlatlariga borishiga toʻgʻri kelar edi. 2017 yilda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston tibbiyot sohasini keskin tanqid qilgan va murakkab operatsiyalar uchun fuqarolarni chet elga borishga majburlaydigan sabablarni aniqlash, imkon qadar malakali mutaxassislarni Oʻzbekistonga olib kelish, chet elga ishlaga ketgan oʻzbekistonlik shifokorlarni imkon qadar vataniga qaytarish kabi vazifalarni qoʻygan edi.Undan tashqari, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Rossiya orasida tibbiy taʼlim va tajriba almashish sohasida keng qamrovli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/05/1d/18972493_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_33f419fc069459983919683f96047281.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi, senatorlar, tanzila norboyeva
Boʻyrak transplantatsiyasi barcha hududlarda yoʻlga qoʻyiladi
Transplantatsiya haqidagi yangi qonun kasallanish va inson aʼzolaridagi qaytarib boʻlmaydigan jarayonlar tufayli oʻlimga olib keluvchi holatlarni qisqartirishga xizmat qiladi.
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi qonun bilan mustahkamlanadi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi yigʻilishida maʼlum qilindi.
Bugungi majlisda davlat rahbari tomonidan bildirilgan takliflar asosida takomillashtirilgan “Inson aʼzolari va toʻqimalari toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi.
Taʼkidlanishicha, qonun kasallanish va inson aʼzolaridagi qaytarib boʻlmaydigan jarayonlar tufayli oʻlimga olib keluvchi holatlarni qisqartirishga xizmat qiladi.
“Transplantatsiya jarayonlarini sifatli amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qonunosti hujjatlarini ishlab chiqiladi. Transplantatsiya xizmati aholiga yaqinlashtirilib, hududlarda bu boradagi amaliyotlarni sifatli va samarali yoʻlga qoʻyish kerak”, - deydi Senat raisi Tanzila Norboyeva.
Uning soʻzlariga koʻra, barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyotini yoʻlga qoʻyish zarur. Buning uchun tegishli tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika va kadrlar salohiyatini oshirish kabi yoʻnalishlarda qator vazifalar aniq muddatlar bilan belgilangan.
“Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasidan mazkur “Yoʻl xaritasi”dagi vazifalarni soʻzsiz ijrosini taʼminlash borasida doimiy ish olib borish talab etiladi. Har oyda “Yoʻl xaritasi” ijrosi boʻyicha eshituvlar tashkil etiladi”, deya qoʻshimcha qildi Senat raisi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda buyrak koʻchirib oʻtkazish, jigar va oʻzak hujayra amaliyotlari kengayib bormoqda. Soʻnggi yillarda 700 dan ortiq ana shunday operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarildi. Xususan, bugungacha transplantatsiya amaliyotlari Samarqand, Namangan, Xorazm, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida oʻtkazilgan.
Aytish joizki, bir necha yil oldin ushbu kabi operatsiyalarni amalga oshirish uchun Oʻzbkiston fuqarolari chet el davlatlariga borishiga toʻgʻri kelar edi. 2017 yilda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston tibbiyot sohasini keskin tanqid qilgan va murakkab operatsiyalar uchun fuqarolarni chet elga borishga majburlaydigan sabablarni aniqlash, imkon qadar malakali mutaxassislarni Oʻzbekistonga olib kelish, chet elga ishlaga ketgan oʻzbekistonlik shifokorlarni imkon qadar vataniga qaytarish kabi vazifalarni qoʻygan edi.
Undan tashqari, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Rossiya orasida tibbiy taʼlim va tajriba almashish sohasida keng qamrovli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.