Yevropalik to‘rt xaridor Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda to‘ladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishZapusk gazoprovoda "Kasimovskoe PXG - KS Voskresensk"
Zapusk gazoprovoda Kasimovskoe PXG - KS Voskresensk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna bo‘lish
Yana o‘n nafar yevropalik xaridor Rossiya belgilagan tartibga ko‘ra Gazprombankda o‘z hisob-raqamini ochgan.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Yevropadan bo‘lgan to‘rt xaridor Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirdi. Bu haqda 27-aprel kuni “Bloomberg” o‘z manbasiga tayangan holda xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘n nafar yevropalik xaridor Rossiya belgilagan tartibga ko‘ra Gazprombankda o‘z hisob-raqamini ochgan.
Ta’kidlanishicha, Rossiya gazini rublda sotib olishi shart bo‘lgan “do‘st bo‘lmagan” mamlakatlar ro‘yxatida 21 ta davlat bor.
Avvalroq Rossiyaning "Gazprom” kompaniyasi Bolgariyaning “Bulgargaz” va Polshaning PGNiG kompaniyalariga to‘lovni belgilangan muddatda rublda amalga oshirmaganlari sabab gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatgan edi.
Avstriya gaz uchun rublda to‘lash bo‘yicha Rossiya shartlarini qabul qildi
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin mart oxirida do‘st bo‘lmagan barcha davlatlarga tabiiy gazni faqat rublda sotishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.
Ushbu tartib 1-apreldan boshlab kuchga kirdi va to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda gaz yetkazib berilmaydi va bu sherik mamlakatlar tomonidan gaz shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik deb hisoblanadi.
“Gazprombank” xorijiy xaridorlar bilan hisob kitob qilish uchun maxsus valyuta va rubl hisob raqamlari ochgan. Bunda mijoz shartnomada ko‘rsatilgan valyutada hisob raqamiga to‘lovni amalga oshiradi, bank esa uni Moskva birjasida valyutani sotib, xaridor hisob raqamiga rublda mablag‘ kirim qiladi. Shu tarzda xaridor gaz yetkazib beruvchi bilan hisob-kitobni amalga oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0