Jamiyat

Fuqaroviy qurolga oid qonunlar oʻzgartiriladi - Senat

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishOxotnichiy karabin v orujeynom magazine
Oxotnichiy karabin v orujeynom magazine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston fuqarolarining fuqaroviy ov qurolini va uning oʻq-dorilarini olish huquqiga ega boʻlish uchun yosh tsenzi 25 yosh etib belgilanmoqda.
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Oʻzbekistonning Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilmoqda. Oʻzbekiston Senati bugungi majlisda qurolga oid ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni muhokama qildi.
Yangi tartibga koʻra, qurol va uning oʻq-dorilari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazoratni amalga oshirish funktsiyalari Milliy gvardiyadan Ichki ishlar organlariga oʻtkazilmoqda.
Shuningdek, amaldagi 2 ta kodeks va 6 ta qonunga oʻzgartishlar kiritish taklif etilmoqda:
oʻqotar boʻlmagan qurol bilan qonunga xilof ravishda muomalada boʻlish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzganlik uchun jinoiy va maʼmuriy javobgarliklar nazarda tutilmoqda;
Oʻzbekiston fuqarolarining fuqaroviy ov qurolini va uning oʻq-dorilarini olish huquqiga ega boʻlish uchun yosh tsenzi 25 yosh etib belgilanmoqda (amaldagi qonunchilikda yigirma bir yosh);
fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini hadya etilishini taqiqlash nazarda tutilmoqda.
Yangi qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston qonunchiligida soʻnggi bor qurollar toʻgʻrisida oʻzgarish 2020 yilda kiritilgan edi. Oʻshanda Jinoyat kodeksining 104 va 105-moddalarining ikkinchi qismidagi bandlar hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 14, 245, 287-moddalari toʻldirilib, kodeksga yangi 185-2 va 185-3-moddalari qoʻshilgan edi.
Ushbu oʻzgarishlar fuqarolar tomonidan jamoat joylarida, shahar, shahar atrofiga qatnovchi, shaharlararo va xalqaro transportda kasbiy yoki sport faoliyati yoxud maishiy maqsadlarda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ochiq holda (gʻilofsiz) olib yurish uchun jazo choralari belgilangan edi.
Oʻzbekiston Respublikasining Qurol toʻgʻrisidagi qonuni 2019 yilning 27 iyulida imzolangan edi. Unda ilk bora fuqaroviy, xizmat va jangovar qurol tushunchalari kiritilib, qonun jihatidan ularning asosiy farqlari belgilab qoʻyilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0