Kolumnistlar

“Ikkinchi front”: Pridnestrovyeda qoʻporuvchilik kimga kerak

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Fotobankka oʻtishUcheniya Operativnoy gruppы rossiyskix voysk v Pridnestrovye
Ucheniya Operativnoy gruppы rossiyskix voysk v Pridnestrovye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kiyev rejimi Vashingtonning birinchi buyrugʻidanoq Pridnestrovyega qoʻshin joʻnatishga tayyor, faqat buni amalga oshirishga 3000 ta Rossiya tinchlikparvarlari, 7000 ta DMR harbiylari xalal bermoqda.
Dnestrboʻyidagi (Pridnestrovye) muzlatib qoʻyilgan mojaro NATOning sharqqa qarab kengayishiga xalaqit beradi. Ukrainadagi harbiy harakatlar AQShga fuqarolik urushi maydoniga aylantirish va alyansning “tinchlik oʻrnatuvchi operatsiyalari” uchun Moldova qulay boʻlib koʻrinyapti.
Kiyev rejimi Vashingtonning birinchi buyrugʻidanoq Tiraspolga qoʻshin joʻnatishga tayyor. Bu uchun Ukraina Qurolli Kuchlariga asosiy mukofot- Kolbasna qishlogʻi yaqinida, mamlakat chegaralaridan 2 kilometrdan uzoqda joylashgan Yevropadagi eng yirik arsenal vaʼda qilingan.
Buni amalga oshirishga faqat 3000 ta Rossiya tinchlikparvar askarlari, 7000 ta Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi (DMR) harbiylari va Dnestrning chap qirgʻogʻida turgan 400 mingdan ortiq Rossiya Federatsiyasi fuqarolari xalaqit bermoqda.
26 aprel kuni Tiraspolda sodir boʻlgan qator portlashlar, Dnestrboʻyi poytaxti yaqinidagi aerodromga qilingan hujum va Kolbasna qishlogʻi yaqinidagi bugungi toʻqnashuvdan soʻng hududda 15 kun muddatda terrorchilik tahdidining “qizil” darajasi eʼlon qilindi.
Mintaqada nazorat punktlari va fortifikatsion inshootlar paydo boʻldi. Kuch tuzilmalari kuchaytirilgan xizmat koʻrsatish rejimiga oʻtkazildi. 9-may Gʻalaba kunidagi harbiy parad bekor qilindi. Dnestrboʻyi taʼlim muassasalari oʻquv yili oxirigacha masofaviy dars oʻtadigan boʻldi.
Tashqi kuchlarning ikki kunlik terrorchilik faoliyatida qurbonlar aniqlanmagan. Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi Davlat xavfsizlik vazirligi binosi, harbiy qism va aerodrom hududidagi obʼyektlar shikastlangan, “Mayak” radio markazining (Ukraina chegarasidan 12 km uzoqlikda) uzatuvchi antennalari portlatilgan. Moldova prezidenti Mayya Sandu zudlik bilan Xavfsizlik kengashini chaqirdi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Dnestrboʻyidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini maʼlum qildi.
DMR hududida qoʻporuvchi-razvedka guruhlari, granatometlar va NATO standartidagi oʻq-dorilardan qilingan dron zarbalari 25 aprel kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Pentagon rahbari Lloyd Ostinning Kiyevga gʻayrioddiy (maxfiy) tashrifidan soʻng boshlangan. Ehtimol, bu tasodif emas.
Vashington anchadan buyon Moldovadagi “Rossiya tajovuzlari”ni toʻxtatishni talab qilyapti. Amerikaliklar Rossiya tinchlikparvar kuchlari ishtirokida yangi olovli maydon yaratishni, Dnestrboʻyini tozalash, Moldovani Ruminiya va NATOga birlashtirish va shu bilan birga Kiyev rejimiga Kolbasna arsenalidan sovet davrida ishlab chiqarilgan oʻq-dorilar va harbiy texnika bilan yordam berishni istamoqda.

Kuchlar va mablagʻ

Oshkora tajovuz boʻlganda Dnestrboʻyida 3000 ta Rossiya harbiylari, DMR Qurolli Kuchlari – taxminan 7500 ta “nayza” i va 10 mingtagacha boʻlgan koʻp safarbar zahira kuchlari joylashadi.
Ogʻir qurollar va oʻq-dorilar miqdori bilan qamal boʻlgan minqtaqada oʻn yillar davomida harbiy harakatlar olib borish mumkin - safda 100 dan ortiq tanklar, 200 ta bronetransporter va jangovar piyoda mashinalari, minglab transport vositalari, “Grad” zalp olovi reaktiv tizimi oʻrnatmalari, vertolyotlar otryadi bor.
Ushbu qudratli qoʻshinlar guruhini Ukraina Qurolli Kuchlarining ikki chegara brigadasi, Moldova Qurolli kuchlari (6000 kishi) va Ruminiya, Polsha va AQShdan kelgan NATO boʻlinmalari zudlik bilan zararsizlantirishi amri mahol. (biroz oldin Kishinyovdagi “Tsentrum” mehmonxonasida 400 amerikalik dengiz piyodasi joylashtirilgan edi).
Harbiy texnika va oʻq-dorilar arsenali (aviabombalar, raketalar, artilleriya snaryadlari, minalar) 21 ming tonna yoki 3,5 milliard dollarga baholanmoqda. Bunday omborning portlashi 1945 yilda Xirosima va Nagasakiga qilingan yadro zarbasiga teng) va Moldova, Ruminiya va Ukrainadagi koʻplab aholi punktlarini yer yuzidan yoʻq qilishi mumkin. Kolbasna qishlogʻi yaqinidagi arsenalni Rossiya qoʻshinlarining eng yaxshi jihozlangan va oʻqitilgan tezkor guruhi (OGRF) qoʻriqlayotgani bejiz emas.
Shunga qaramay, amerikaliklar Rossiya Federatsiyasining harbiy salohiyatini imkon qadar kuchsizlantirish niyatida. Bu haqda AQSH Mudofaa vaziri Ostin kecha Germaniyadagi “Ramshteyn” aviabazasida yana bir bor taʼkidladi. Mantiq oddiy: front qancha koʻp boʻlsa, Rossiya Qurolli Kuchlari shuncha koʻp kuch sarflashi kerak boʻladi. Dnestrboʻyidagi harbiy harakatlar teatri istiqbollidek koʻrinadi. Amerikaliklar monitoring uchun Ruminiyaga ikkita elektron razvedka samolyoti - – RQ-4B Global Hawk va RC-135W Rivet Joint samolyotlarini joʻnatdi.
26 aprel kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari “Dnestrboʻyidagi Moldova separatik davlatida” jangovar harakatlar oʻtkazishga tayyorligini maʼlum qildi. Xarkov viloyatidagi asosiy arsenallar yoʻqotilgandan soʻng, Ukraina Bosh shtabi uchun “Janubiy front” ni qoʻllab-quvvatlash uchun “sovet davrida ishlab chiqarilgan” oʻq-dorilarining doimiy manbasini topish juda muhim. (Kolbasna ombori – eng maʼquli).
Ukraina harbiy boshqarma boshligʻi maslahatchisi Yuriy Butusovning fikricha, Kiyev Dnestrboʻyini “demilitarizatsiya qilish” huquqiga ega, chunki Rossiya OGRF Ukrainaga tahdid solmoqda va Ukraina-Moldova chegarasidagi ikkita Ukraina brigadasi “Sharqiy front”da koʻproq kerak. Avvalroq Ukraina prezidenti devonining doimiy “konferansyesi”
Aleksey Arestovich: “Agar Moldova Ukrainaga murojaat qilsa, biz Dnestrboʻyini oʻz nazoratimizga olishimiz mumkin. Buning uchun Ukraina Qurolli kuchlari yetarlicha kuchga ega” degan edi.
Ruminiya Rossiya qoʻshinlarining Odessa viloyati orqali DMR chegaralariga chiqishi Buxarest va Dnestrboʻyi va umuman Moldovaning taʼsir doirasidan chiqib ketishiga olib kelishidan havotir olmoqda. Shunday qilib, Moldovanining gʻarbiy va sharqiy “sheriklar” uni oldindan aytib boʻlmaydigan oqibatlarga olib keluvchi keng koʻlamli harbiy mojaroga undamoqda. Bu tashvishli fonda Moldova prezidenti Mayya Sandu nafaqat 9-may kuni, balki Georgiy lentasi bilan koʻchaga chiqqan har bir kishiga politsiya tomonidan qatagʻon vaʼda qilmoqda. Goʻyoki bundan muhimroq ish yoʻqdek.
Moskva Ukraina va Moldovadagi “sheriklar”ning qoʻllarida nima borligini diqqat bilan kuzatmoqda va “ikkinchi front” paydo boʻlishidanoq tezda javob berishga tayyor.
Yangiliklar lentasi
0