Leningrad qamalidan aziyat chekkanlarga boshpana berganlar xotirasiga yodgorlik o‘rnatiladi

© Sputnik / Boris Kudoyarov / Mediabankka o‘tishJiteli blokadnogo Leningrada nabirayut vodu, poyavivshuyusya posle artobstrela v proboinax v asfalte,
Jiteli blokadnogo Leningrada nabirayut vodu, poyavivshuyusya posle artobstrela v proboinax v asfalte,  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda o‘rnatilishi kutilayotgan yodgorlik qurilishi shu yilning kuzida boshlanishi mumkin.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Toshkentda Ulug‘ Vatan urushi davrida Leningrad qamalidan evakuatsiya qilinganlarga boshpana bergan mahalliy aholi xotirasiga yodgorlik o‘rnatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Kuni kecha Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Sankt-Peterburg Tashqi aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Yevgeniy Grigorev bilan muzokara olib bordi.
“Yevgeniy Grigoryev samimiy qabul va Ikkinchi jahon urushi yillarida Leningrad blokadasi qurbonlariga boshpana bergan toshkentliklarga yodgorlik o‘rnatish uchun ajratilgan joy uchun hokimga minnatdorlik bildirdi”, - deyiladi xabarda.
Shu yilning kuzida Sankt-Peterburg gubernatorining Toshkentga tashrifi yodgorlikka birinchi tamal toshini tantanali ravishda qo‘yish bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Yodgorlikni o‘rnatishga toshkentlik va petergburglik me’morlar jalb etiladi. Yodgorlik milliy an’analarni hisobga olgan holda loyihalashtiriladi.
O‘zbekiston urush yillarida evakuatsiya qilingan 1,5 milliondan ortiq insonlarni ochlik va o‘limdan qutqarib qolgan. Leningrad, Belarus, Polsha va Ukraina qamalidan olib chiqilganlarning qariyb 300 mingi etim bolalardir. Hozirda O‘zbekistonda 20 nafarga yaqin sobiq Leningrad qamalidan omon qolganlar yashaydi.
Toshkentdagi “Birodarlar qabri” yodgorlik majmuasi hududida, shuningdek, Sankt-Peterburgdagi Piskarevskiy yodgorlik qabristonidan keltirilgan o‘zbek askarlarining tuproq va kullari tushirilgan kapsula mavjud. Ta’kidlash joiz, Leningrad yaqinida jang qilgan 7000 nafar o‘zbekistonlik askar aynan Sankt-Peterburgdagi Piskarevskiy yodgorlik qabristoniga dafn etilgan.
Respublikada mingga yaqin urush qatnashchisi va 40 mingdan ortiq mehnat fronti ishchilari yashaydi. Rossiya arxivlaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Ulug‘ Vatan urushida O‘zbekistonning 1,9 milliondan ortiq aholisi ishtirok etgan. Ularning 540 mingdan ortig‘i halok bo‘lgan, qariyb 160 ming nafari bedarak yo‘qolgan.
Yangiliklar lentasi
0