https://oz.sputniknews-uz.com/20220428/mdhda-rus-tilini-targib-qilish-boyicha-xalqaro-tashkilot-tashkil-etilishi-mumkin-24265598.html
MDHda rus tilini targʻib qilish boʻyicha xalqaro tashkilot tashkil etilishi mumkin
MDHda rus tilini targʻib qilish boʻyicha xalqaro tashkilot tashkil etilishi mumkin
Bunday tuzilmani yaratish muhimligi haqida Qozogʻiston rahbari Qasim-Jomart Toqayev 2021 yil dekabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda aytib oʻtgan... 28.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-28T18:18+0500
2022-04-28T18:18+0500
2022-04-28T18:18+0500
jamiyat
rus tili
mdh
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/1c/24265434_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_63fe864339474c581de799b5b64f779b.jpg
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida rus tilini qoʻllab-quvvatlash va targʻib qilish boʻyicha xalqaro tashkilot tuzish taklif etilmoqda.Bu tashabbus 27 aprel kuni Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda muhokama qilindi.Bunday tuzilmani yaratish muhimligi haqida Qozogʻiston rahbari Qasim-Jomart Toqayev 2021 yil dekabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda aytib oʻtgan edi.Bu masala ekspert guruhining iyun oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi yigʻilishida davom ettiriladi."Xush kelibsiz!" Moskvadagi birinchi oʻzbek tili markazi - videoAvvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH mamlakatlarida rus tilini oʻrganishni qoʻllab-quvvatlash darajasi yetarli emasligi, shu bois bu sohada qoʻshimcha choralar koʻrish kerakligini aytgan edi.“Biz ushbu mamlakatlarda rus tilini rivojlantirishga, rus tilini oʻrganishni qoʻllab-quvvatlashga munosib eʼtibor qaratishimiz lozim. Bugungi ishimizdan koʻra koʻproq narsani qilish mumkin va qilish kerak”, - degan edi Putin.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/1c/24265434_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_ca317db1b5a0791e44f05df5be4f1fe6.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rus tili, mdh
MDHda rus tilini targʻib qilish boʻyicha xalqaro tashkilot tashkil etilishi mumkin
Bunday tuzilmani yaratish muhimligi haqida Qozogʻiston rahbari Qasim-Jomart Toqayev 2021 yil dekabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda aytib oʻtgan edi.
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida rus tilini qoʻllab-quvvatlash va targʻib qilish boʻyicha xalqaro tashkilot tuzish taklif etilmoqda.
Bu tashabbus 27 aprel kuni Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda muhokama qilindi.
Bunday tuzilmani yaratish muhimligi haqida Qozogʻiston rahbari Qasim-Jomart Toqayev 2021 yil dekabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda aytib oʻtgan edi.
“Ushbu loyiha MDHdagi hamkorlar tomonidan qiziqish bilan kutib olindi. Xususan, Rossiya Qozogʻiston tomonining tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan holda, rus tilini targʻib qilish va rivojlantirish boʻyicha yaratilayotgan xalqaro tuzilma oʻz tamoyillarini baham koʻradigan, rus tilidan foydalanadigan xalq va jamiyatlarni birlashtiruvchi barcha davlatlar uchun tayanch platformaga aylanishi mumkinligi taʼkidlandi. Manfaatdor tomonlar bilan birgalikda bunday xalqaro tuzilmani yaratish usullarini ishlab chiqishga tayyormiz”, – dedi Hamdoʻstlik Ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Ijrochi kotibi Beketjon Jumaxanov.
Bu masala ekspert guruhining iyun oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi yigʻilishida davom ettiriladi.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH mamlakatlarida rus tilini oʻrganishni qoʻllab-quvvatlash darajasi yetarli emasligi, shu bois bu sohada qoʻshimcha choralar koʻrish kerakligini aytgan edi.
“Biz ushbu mamlakatlarda rus tilini rivojlantirishga, rus tilini oʻrganishni qoʻllab-quvvatlashga munosib eʼtibor qaratishimiz lozim. Bugungi ishimizdan koʻra koʻproq narsani qilish mumkin va qilish kerak”, - degan edi Putin.