Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Peskov: Ukrainani qurol-yarogʻ bilan taʼminlash qitʼa xavfsizligiga tahdid soladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kuni kecha Buyuk Britaniya TIV rahbari Liz Trass Gʻarb mamlakatlarini Kiyevga tank va samolyotlar yetkazib berishga chaqirgan edi.
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Ukraina va boshqa mamlakatlarni Gʻarb qurol-yarogʻlari bilan taʼminlash qitʼa xavfsizligiga xavf tugʻdiradi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
“Ukraina va bosh mamlakatlarni qurol-aslaha bilan, jumladan, ogʻir qurol-aslaha bilan taʼminlash tendentsiyasining oʻzi – bu qitʼa xavfsizligiga tadhid soladigan xatti-harakatlar, beqarorlikni keltirib chiqaradi”, - dedi Peskov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Kuni kecha Buyuk Britaniya TIV rahbari Liz Trass Gʻarb mamlakatlarini Kiyevga tank va samolyotlar yetkazib berishga chaqirgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, davlatlar Ukrainaga yordamni ikki baravarga koʻpaytirishlari kerak.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin agar biror kishi Ukrainadagi vaziyatga chetdan aralashsa, Rossiyaning javobi yashin tezligida boʻlishidan ogohlantirgani xabar qilingan edi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qoʻshinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yoʻq. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25 martda yakunlandi - Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaytirdi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0