Kolumnistlar

"Prometey" - Rossiyani koinotdan beriladigan zarbalardan himoya qiladi

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishRossiya i Belorussiya nachala sovmestnыe ucheniya "Soyuznaya reshimost - 2022"
Rossiya i Belorussiya nachala sovmestnыe ucheniya Soyuznaya reshimost - 2022 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya hech kimga tahdid solayotgani yoʻq, lekin yaqin oʻtmishda Shimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlari tomonidan xavfsiz masofadan turib oʻqqa tutilgan Iroq, Yugoslaviya, Liviyaning unutmaydi.
Eng soʻnggi avlod havo mudofaa tizimi S-500 "Prometey"ning seriyaali ishlab chiqarish, yuqori texnologiyali qurollanish poygasida Rossiyani soʻzsiz yetakchiga aylantiradi. Gʻarblik "sheriklar" S-400 Triumf tizimiga oʻxshash qurol yaratishga urinayotgan bir paytda, Rossiyalik yuzlab kilometr balandlik - yaqin koinotdagi masofani nazorat qilib turuvchi S-500 "Prometey" tizimlarini ishlab chiqarmoqda.
Almaz-Antey Aerokosmik mudofaa kontserni bosh direktori Yan Novikov 25 aprel kuni S-500 havo mudofaa tizimi ommaviy ishlab chiqarishga chiqarilganini maʼlum qildi.
S-500 "Prometey" tizimi dunyoda oʻxshashi yoʻq va tez orada Rossiya aerokosmik mudofaasining asosiga aylanadi.
Birinchi S-500 brigadasi Rossiya Havo-kosmik kuchlarining (VKS) 15-maxsus qoʻshinlari tomonidan 2021 yil oktyabr oyida qabul qilingan. Yarim yil davomida "Prometey" Moskva ustidagi havo va kosmos hududini ishonchli nazorat va himoya qildi. Ikkinchi brigada toʻplami 2022 yilning birinchi yarmida jangovar vazifani bajaradi. Mutaxassislarni tayyorlash ham besh yildan buyon davom etmoqda.
Biroz oldin Rossiya Mudofaa vazirligi "S-500" Kapustin Yar poligonida yuqori tezlikdagi ballistik nishonni yoʻq qilganini va ushbu jarayonda oʻzini ishonchli vosita sifatida koʻrsatganini maʼlum qilgan edi.
"Prometey" potentsial dushmanning barcha mavjud va istiqbolli aerokosmik hujum vositalarini yoʻq qilish uchun moʻljallangan boʻlib, u har qanday tezlikda harakatlanayotgan, uzoqligi 600 km va balandligi 200 km (baʼzi manbaalarda 400km) boʻlgan har qanday nishonni yoʻq qilishi mumkin. 2021 yil 15 noyabrda Rossiyaning nomi aytilmagan havo mudofaa tizimi Yer sathidan 500 km balandlikdagi boʻlgan eski sovet sunʼiy yoʻldoshi - "Tselina-D"ni bitta raketa zarbasi bilan urib tushirdi.
Prometeyning aksariyat texnik xususiyatlari sir boʻlsada, Gʻarb Gʻarb uning sunʼiy yoʻldoshlar, gipertovushli raketalar va yana koʻp narsalarni urib tushirishga qodir ekaniga amin boʻlgan. Military Watch uning hatto hozircha mavjud boʻlmagan "B-21 Raider" strategik bombardimonchisini, gipertovushli raketalar va Amerika Qoʻshma Shtatlarining SR-72 razvedka va zarba beruvchi samolyotlari - uning nishoniga aylanishi mumkinligini taʼkidladi.
Menimcha, bu roʻyxatga Pentagonning amaldagi kosmik kemasi (bombardimonchi) Boeing X-37, Minuteman III QBRsini va Amerikaning boshqa qanotli raketalarini ham qoʻshish mumkin. "Prometey" ning imkoniyatlari AQSH va NATOni jiddiy xavotirga solmoqda.

Ishonchli qalqon va yengilmas qilich

"S-400" havo mudofaa tizimi va "A-135" raketaga qarshi mudofaa tizimlarining davomchisi boʻlgan "Prometey" taxminan 600 km radiusda ballistik, aerodinamik nishonlar va qanotli raketalarni yoʻq qilishga qodir. Yangi tizimning asosiy maqsadi - oʻrta masofaga moʻljallangan ballistik raketalar va qitʼalararo ballistik raketalarni parvoz traektoriyasining yakuniy qismida yoʻq qilishdir.
Ochiq manbalardagi maʼlumotlarga koʻra, S-500 ning asosiy ixtisosligi mamlakatning kosmik chegaralarini yaqin koinotdan mumkin boʻlgan yadroviy raketa zarbasidan himoya qilishdir. Shu sababli ham uning maksimal balandligi 200 (400) km ni tashkil qiladi.
Uning xususiyatlarini hatto "S-400 Triumf" bilan ham taqqoslab boʻlmaydi: tezligi 7km/soniyagacha yoki 25 ming km/soat boʻlgvn yuqori tezlikda uchadigan nishonlarni urish imkoniyatiga ega.
S-400 va S-300 dan farqli oʻlaroq, S-500 10 metrdan 30 km gacha balandlikdagi nishonlarga qarshi 250 km gacha masofani bosib oʻtadigan toʻrtta raketa bilan zarba berishi mumkin. "Prometey" ning uchiruv qurilmasi ikkita ultra uzoq masofali "yer-havo" raketalarini olib yuradi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining 70 foizdan ortigʻi zenit-raketa polklari zamonaviy S-400 tizimlari bilan qayta jihozlandi. Soʻnggi "Prometey"ni qoʻshinlarga yetkazib berish "Triumf"larni orqa fonga oʻtkazmaydi - ular havo mudofaasi tizimining qatlamli mudofaasini yanada zichroq va chuqurroq qiladi.
Shuni taʼkidlash kerakki, Rossiya - havo mudofaa tizimi eshelonlangan tartibda himoya qilinadigan dunyoda yagona mamlakatdir.
Birinchi bosqichda, "Verba" yoki "Igla" tipidagi qisqa masofaga uchuvchi qoʻl-portativ zenit-raketa qurollaridan boshlanadi. (6 km - uzoqlik va 6 km balandlik)
Ikkinchi eshelonda - zanjirli texnika - "Buk" va "Tor", "Pantsыr-SM" oʻrta masofali havo mudofaa tizimidan iborat. (15 km gacha balandlik va 40 km uzoqlikkacha).
Uchinchi diapazonda - S-300 va S-400 tizimlari boʻlib ular (250 km uzoqlik va 30 km balandlikni nazorat qiladi).
Eng soʻnggi S-500 tizimi shartli barcha uchta eshelonni va toʻrtinchi - kosmik masofalarni ham uygʻun toʻldiradi.
Qayta qurollanish davlat dasturi asosida 2025 yilgacha beshta "S-500" brigadalari toʻplamini sotib olish rejalashtirilgan. Kelajakda S-500 ning quruqlikdagi versiyasi kema versiyasiga aylanishi mumkin. Shuningdek Rossiyaning markaziy qismida tizim A-135 raketaga qarshi mudofaa tizimi bilan birlashtirilishi ham belgilangan.
NATOning "Prompt Global Strike" (Tezkor global zarba) kontseptsiyasiga muvofiq, Qoʻshma Shtatlar bitta zarbada dushmanga 6000 tagacha Tomagavk (shu jumladan yadroviy kallaklarga ega boʻlganlar) yuborishga qodir.
Lekin, Rossiya bilan harbiy mojaro sodir boʻlgan holatda Amerika kontseptsiyasi barcha maʼnosini yoʻqotadi. Pentagon va NATO Rossiya hududida yoki Ukraina, Suriya, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyodagi Rossiya qoʻshinlariga kutilmagan tezkor berilgan zarba - havo mudofaa tizimlari bilan himoya qilinadi. Va bir vaqtning oʻzida raqibga (gipertovushli, qanotli va qitʼalararo raketalar bilan) qasos zarbasi beriladi.
Rossiya yuqori texnologiyali havo mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa qalqoniga ega dunyodagi eng kuchli yadroviy davlatdir. Gʻarblik "sheriklari" buni unutmasliklari kerak.
S-500 "Prometey" tizimi kosmik miqyosdagi yangi texnologik yutuq, Moskvaning davr muammolariga javobidir. Rossiya hech kimga tahdid solmaydi, lekin yaqin oʻtmishda Shimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlari tomonidan xavfsiz masofadan turib oʻqqa tutilgan Iroq, Yugoslaviya, Liviyaning unutmaydi.
"Voronej" tipidagi uzoq masofali ufqda nishonni aniqlash radarining imkoniyatlariga asoslangan raketa hujumi haqida ogohlantirish yagona axborot tizimi, "Prometey", "Kinjal", "Sarmat", "Poseydon" kabi Rossiyaning eng soʻnggi qurol tizimlari yagona tizimga birlashtirilganda - zabt etib boʻlib qalʼaga aylanadi.
AQSH va NATO gipertovushli qurollarni ishlab chiqishda Rossiya va Xitoydan sezilarli ortda qolmoqda. Kosmik va gipertovush tezligida uchadigan qurollarga qarshi ishlab chiqilgan "S-500" tizimi - ulkan eksport salohiyatiga ega. Xorijiy xaridorlarning dastlabki beshtaligi - Belorus, Xitoy, Hindiston, Jazoir va Eron boʻlishi mumkin. Rossiya mudofaa texnologiyalarini rivojlantirish davom etmoqda.
Harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga obuna boʻling
Yangiliklar lentasi
0