Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin Ukrainadagi maxsus operatsiyaga chetdan aralashish oqibatlari haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya prezidenti: kimdir Ukrainadagi vaziyatga chetdan aralashsa, javob yashin tezligida boʻladi.
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin agar biror kishi Ukrainadagi vaziyatga chetdan aralashsa, Rossiyaning javobi yashin tezligida boʻlishidan ogohlantirdi.

“Agar kimdir boʻlib oʻtayotgan voqealarga chetdan aralashishga va Rossiya uchun yoʻq qoʻyib boʻlmaydigan strategik xususiyatdagi tahdidlarni tugʻdirmoqchi boʻlsa, ular bilishlari shart, javob zarbalarimiz yashin tezligida, tez boʻladi”, - dedi Putin Rossiya qonunchilik kengashi aʼzolari bilan uchrashuvda.

Rossiya rahbari bu haqda maxsus harbiy operatsiya avvalida gapirgani va hozir yana bu soʻzlariga qaytayotganini taʼkidladi.
Putin Rossiyaning ehtimoliy javobi uchun uning raqiblarida boʻlmagan vositalari borligini urgʻuladi.
“Buning uchun hech kim maqtana olmaydigan vositalarga egamiz. Biz ham maqtanmaymiz. Kerak boʻlsa, ulardan foydalanamiz. Bu borada barcha qarorlar qabul qilingan”, - dedi Rossiya yetakchisi.
Shu bilan birga, Putin Rossiya Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyani oʻtkazishda qoʻyilgan maqsadlarga erishishini qayd etdi.
“Askar va zobitlarimiz, Donbassning koʻngilli askarlari oʻz burchlarini qahramonlarcha ado etishmoqda. Oldingan qoʻyilgan barcha vazifalar hal etiladi”, - deya xulosa qildi Putin.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga koʻra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba bermoqda.Hozir operatsiya birinchi bosqichning asosiy vazifalari bajarilgan - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini taʼkidlagan.
Yangiliklar lentasi
0