https://sputniknews-uz.com/20220428/texnikum-bitiruvchilari-uchun-otmdagi-talim-yonalishlari-royxati-tasdiqlandi-24261673.html
Texnikum bitiruvchilari uchun OTMdagi taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlandi
Texnikum bitiruvchilari uchun OTMdagi taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlandi
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar OTMga imtihonlarsiz kirishi mumkin. 28.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-28T15:10+0500
2022-04-28T15:10+0500
2022-04-28T15:10+0500
jamiyat
otm
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/07/05/19551168_0:152:2757:1703_1920x0_80_0_0_97168064ecaeebbc62e0de3e78142db2.jpg
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Texnikum bitiruvchilari OTMlarning 2-bosqichidan oʻqishni davom ettirishi mumkin boʻlgan oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar bermoqda. Ushbu roʻyxat orqali texnikum bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarining qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida oʻqishni davom ettirishlarini bilish mumkin.Maʼlumot uchun, 2022/2023 oʻquv yili qabulidan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali OTM 2-bosqichdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega.Butun oʻqish davrida oʻquv semestrlari yakuniga koʻra “5 (aʼlo)” va “4 (yaxshi)”, biroq oʻzlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (aʼlo)” boʻlgan bitiruvchilargina texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kiradi.Suhbat jarayoni har yili 10 avgustdan 25 avgustgacha, OTM tomonidan belgilangan muddatda, Suhbat komissiyasi tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda oʻtkaziladi.Ushbu tartib texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/07/05/19551168_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_369ad286533e3b4196551ff1138f0d44.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
otm
Texnikum bitiruvchilari uchun OTMdagi taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlandi
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar OTMga imtihonlarsiz kirishi mumkin.
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Texnikum bitiruvchilari OTMlarning 2-bosqichidan oʻqishni davom ettirishi mumkin boʻlgan oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar bermoqda.
Ushbu roʻyxat orqali texnikum bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarining qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida oʻqishni davom ettirishlarini
bilish mumkin.Maʼlumot uchun, 2022/2023 oʻquv yili qabulidan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali OTM 2-bosqichdan oʻqishini davom ettirish
huquqiga ega.Butun oʻqish davrida oʻquv semestrlari yakuniga koʻra “5 (aʼlo)” va “4 (yaxshi)”, biroq oʻzlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (aʼlo)” boʻlgan bitiruvchilargina texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kiradi.
Suhbat jarayoni har yili 10 avgustdan 25 avgustgacha, OTM tomonidan belgilangan muddatda, Suhbat komissiyasi tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda oʻtkaziladi.
Ushbu tartib texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.