Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina qurolli kuchlari Donetskdagi bozorni oʻqqa tutdi, qurbonlar bor

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovUcheniya SHOS "Mirnaya missiya"
Ucheniya SHOS Mirnaya missiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Donetskning Kirovskiy tumani "Grad" yoppasiga oʻt ochish raketa tizimlaridan oʻqqa tutildi.
TOSHKENT, 28 apr - Sputnik. Ukraina qurolli kuchlari Donetskdagi "Merkuriy" oziq-ovqat bozorini oʻqqa tutdi, ikki kishi halok boʻldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti DXR Hududiy himoya shtabiga asosan.
"Kirov tumanining oʻqqa tutilishi natijasida "Merkuriy" bozori ham zarar koʻrgan. Operativ maʼlumotlarga koʻra, ukrainalik jangarilar Donetskda Petrovskiy koʻchasida ikki kishini oʻldirgan va besh nafar tinch aholini yaralagan", deb yozadi nashr.
Donetsk meri Aleksey Kulemzinning soʻzlariga koʻra, uch kishi halok boʻlgan. "Kirov tumanidagi bozorlar hududida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida uch kishi halok boʻldi, yana besh nafar tinch aholi jarohatlandi. Voqea joyida maxsus xizmatlar ishlamoqda", deb yozdi u Telegram kanalida.
Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Donetskning Kirovskiy tumani "Grad" yoppasiga oʻt ochish raketa tizimlaridan oʻqqa tutilgani haqida Oʻt ochishni nazorat qilish qoʻshma markaziga DXR vakili maʼlum qilgan.
Mojaroning 71 kuni davomida Donetsk shahri 2300 marotaba oʻqqa tutilgan. Shaharga 23706ta turli kalibrlardagi snaryadlar otilgan, jumladan "Tochka-U", RSZO "Smerch", "Uragan" va "Grad" tizimlariga mansub raketalar ham. Oʻqqa tutish oqibatida 85 nafar tinch aholi qurbon boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0