AQSh va NATOning Ukrainadagi yangi strategiyasi

© REUTERS / ZOHRA BENSEMRAVoyennoslujashie ukrainskix Voorujennix sil v Buche
Voyennoslujashie ukrainskix Voorujennix sil v Buche - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2022
Obuna bo‘lish
AQSh Ukrainadagi Rossiya maxsus operatsiyasidan NATO ittifoqchilik mustahkamlash hamda nazariy uchinchi jahon urushi uchun strategiya ishlab chiqmoqda.
Qo‘shma Shtatlar nazariyadagi Uchinchi jahon urushi yuzaga kelgan taqdirda, o‘z strategiyasi va ittifoqchilar koalitsiyasini shakllantirish maqsadida, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasidan foydalanmoqda. Pentagon temir va qon to‘kish yo‘li bilan ittifoqchilarini mustahkamlamoqchi, Kiyev rejimiga qurol yetkazib berishning xalqaro logistikasini qayta ishlamoqchi va Rossiya Qurolli Kuchlariga qarama-qarshilikning barcha sohalarida qarshi kurashish usullarini ishlab chiqmoqchi.

26 aprel kuni AQSh harbiy-havo kuchlarining Ramshteyn aviabazasida 43 ta davlat mudofaa vazirlari ishtirokida NATO va hamkorlarning noodatiy sammiti bo‘lib o‘tdi. Pentagon rahbari Lloyd Ostin shtatlar Ukrainaga “osmon va yerni joyidan siljitib bo‘lsa ham yordam berishi kerakligini” aytdi va ishtirokchilarni Rossiya bilan urushda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun birlashishga chorladi.

Harbiy bazadagi uchrashuv formati ramziy ma’noda Rossiya bilan bo‘layotgan urushning holatini bildirdi. Bir kun avval, Ostin Polshada ochiqchasiga: “Biz Rossiyaning zaiflashishini xohlaymiz” degan edi. Pentagon Ukrainadagi urushdan keyin “zaiflashgan” Rossiyani ko‘rish umidini ko‘paytirapti. Shu bilan birga, Pentagon rahbari Ukraina kelajakda NATOga qo‘shilishi ehtimolini ham aytib o‘tdi.
Kollektiv G‘arb teng va bo‘linmas xavfsizlik tizimini shakllantirishda Amerikaga markazlashgan dunyoning qulaganini anglashga qodir emas (qabul qila olmaydi).
Ukraina mudofaasi - bu shunchaki qulay afsona. Haqiqatda esa AQSh va NATO yirtqich hukmronlikni va harbiy-siyosiy jazosizlikni saqlab qolish uchun kurashapti.
“Ramshteyn” - Zbignev Bjezinskiyning eski strategiya konsepsiyasi. Uning qisqacha mazmuni: “XXI asrda Amerika Rossiyaga qarshi, Rossiya hisobiga va Rossiya xarobalarida rivojlanadi”. Aynan shuning uchun Ukraina - bu shunchaki sarflanadigan material (SSSR vayronasi), Polsha esa G‘arbiy Ukrainaga “qayta birlashish” uchun AQSh ma’muriyati bilan bo‘lajak harakatlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin ma’lum qildi.
Ma’lumki, Polshaning G‘arbiy Ukrainadagi nazariy maxsus operatsiyasi NATO mandatisiz, AQSh bilan oldindan kelishib, “xohlovchi mamlakatlar” ishtirokida bo‘lib o‘tishi mumkin. Polshaning “tinchlikparvar kontingenti”ni Rossiya Qurolli Kuchlarining xavfi kam bo‘lgan hududlarga joylashtirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, Polsha maxfiy xizmatlari fashistlarga Varshavaga yo‘naltirilgan muvozanatni shakllantirish uchun Ukraina elitasining “shartnomaga layoqatli” vakillarini qidirmoqda.
O‘ylashimizcha, “eksperimental” postsovet Ukrainaning bir necha qismlarga bo‘linib ketishi muqarrar va bu amerikaliklar pul to‘lab uyushtirilgan bir qator rangli inqiloblarning (maydanlarning) kutilgan natijasidir.

Asosiysi haqida eski qo‘shiq

Faktlardan kelib chiqqan holda, AQShning “Rossiya Federatsiyasini jang maydonida shunchalar qattiq mag‘lubiyatga uchratish” strategiyasi ko‘rinishidan jo‘n bo‘lsada, “sheriklar” baribir undan umid qilishmoqda.
CNNning AQSh Milliy Xavfsizlik Kengashidagi manbalarining ma’lum qilishicha, Vashington avvalroq maxsus operatsiyani Rossiya Federatsiyasining “strategik muvaffaqiyatsizligi”ga aylantirishni rejalashtirgan. Endi esa bu harakatlar Rossiya mudofaa sanoatiga putur yetkazishga qaratilgan.
Tabiiyki, amerikaliklar Ukrainaga qurol yetkazib berishni “yaqin o‘n yillikda Rossiya armiyasi va flotini zararsizlantirishga qilingan sarmoya” deb biladi. Ukraina harbiylari va shaharlarining taqdiri hech kimni qiziqtirmaydi. “Sheriklar” uchun eng muhimi - Rossiya Federatsiyasini shu qadar zaiflashtirish kerakki, u bo‘lajak mojarolarda Xitoyga yordam bera olmay qolsin.
Rossiyani ko‘p asrlar davomida na tatar-mo‘g‘ul xonlari, na Shvetsiya qiroli Karl XII, na fransuz Napoleoni va na nemis Gitleri mag‘lub qila olgan. Biroq amerikaliklar hatto o‘z tarixini bilmaydi, shuning uchun 40 ta mamlakatning harbiy yordamini Ukrainadagi jang teatrlariga jo‘natishni ular muvaffaqiyat uchun eng zo‘r yo‘l deb hisoblaydi. Kollektiv G‘arbning maqsadi Rossiyani “Uchinchi dunyo” mamlakatiga aylantirish. Albatta, Moskva an’anaga ko‘ra, g‘alaba qozonadi.
Pentagon rahbarining aytishicha, sheriklar “yashin tezligida” harakat qilishi kerak, biroq Ukraina uchun G‘arb qurollarining qiymati 713 million AQSh dollaridan ortiq yangi partiyalari eski havo mudofaasi va zirhli texnikalardan tarkib topgan. Amerikada “Stinger” va “Javelin”lar zahiralari yo‘q. Stinger ishlab chiqaruvchisi keyingi ishlab chiqarish uchun komponentlar yetishmayotganini e’lon qildi. AQSh Kongressi tashvishlangan, chunki Ukrainaga ushbu ko‘chma zenit raketa komplekslarini hali yetkazib bera olmaydi, chunki “ayni paytda ularning o‘zida yetarli emas”. Ishlab chiqarish liniyasini qayta jihozlash kamida bir yil davom etishi mumkin.
Germaniya Ukrainaga 7kmgacha bo‘lgan 50 ta Cheetah zenit komplekslarini yuboradi. Buyuk Britaniya ham o‘tgan asr zenit qurollarini berib yubormoqchi. 28-aprel kuni Bundestag Ukrainaga og‘ir qurollar jo‘natishga ruxsat berdi – loyihada 40 ga yaqin band bor, har biri urush e’loniga o‘xshaydi. Biroq, GFRda o‘n yillar davomida mudofaa xarajatlarining qisqartirilishi jangovar tayyorgarlikning yomonlashishiga olib keldi.
Avvalroq Germaniya mudofaa vaziri Kristine Lambrext: “Bizda qog‘ozda 350 ta Puma jangovar piyoda mashinasi bor, ulardan 150 tasigina foydalanishga yaroqli, 51 ta Eurocopter Tiger vertolotidan faqat to‘qqiztasi jangovar vazifalarni bajarishga qodir” deya ma’lum qilgan.
London Ukraina rejimini Rossiya Federatsiyasi hududiga zarbalar berishga chaqirdi. Va bu uchun uzoqligi 20 kmgacha bo‘lgan Brimstone raketalarini va’da qildi. Biroq, negadir Britaniyaning 155 mm gaubitsalari harbiy yordam ro‘yxatidan g‘oyib bo‘ldi. G‘arb Ukraina Qurolli Kuchlariga “metallolom chiqindilari”ni yetkazib berishni - 122 mm kalibrli Chexiya (sovet davrida ishlab chiqarilgan) o‘ziyurar “Gvozdika” qurollari, Polshadan T-72 tanklari, Kanada zirhli mashinalarini etkazib berishni kengaytirmoqda.

Hammasi samarasiz

G‘arb tahlilchilariga ko‘ra, Ukrainadagi janglar “oylar bo‘lmasa ham, bir nechta hafta” davom etishi mumkin. The Guardian nashrining fikricha, may oyida “G‘arb qurollari to‘lqini, jumladan, Amerika gaubitsalari, Germaniya va Britaniya zenit tizimlari yetib kelganida” hodisalarda burilish bo‘lishi mumkin.
NATO mamlakatlari ikki oy ichida Ukrainaga eng kamida 8 mlrd dollarlik harbiy texnika yetkazib berdi. Natijalar esa umuman ko‘rinmadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida AQSh Afg‘onistonga 7 mlrd dollarlik harbiy texnika yetkazib bergan. 2005-2021 yillarda Vashington afg‘on xavfsizlik kuchlariga 18,6 mlrd dollarlik harbiy yordam bergan. Pul harbiy g‘alabalar va geosiyosiy maqsadlarga erishishga kafolat bera olmaydi. Bundan tashqari, Ukraina qo‘shinlari NATO qurollarining 30 foizidan ko‘pini oladi. Qolganlari esa Rossiyaning aniq boshqariladigan raketa zarbalari va Ukrainaning o‘g‘ri amaldorlari tomonidan yo‘q qilinyapti. Hatto janglarda rus qo‘shinlari qo‘lga kiritgan ulkan g‘alabalarga ham tegmasdan.
Ukraina temir yo‘li rahbari Aleksandr Kamishin kecha Odessa viloyati Zatoka qishlog‘idagi Dnestr darosi orqali o‘tuvchi ko‘prikka takror raketa hujumi uyushtirilgani va muhandislik inshooti vayron bo‘lganini ma’lum qildi.
Zaporojye alyuminiy zavodi hududida joylashgan “Kalibr” yuqori aniqlikdagi uzoq masofali dengiz raketalari Ukraina qo‘shinlari uchun AQSh va Yevropa mamlakatlari yetkazib bergan xorijiy qurol va o‘q-dorilarning katta partiyasi bo‘lgan angarlarni yo‘q qildi. O‘sha yerning o‘zida xorijlik yollanma askarlarni tayyorlash markazi ham yo‘q qilingan - 523 kishi halok bo‘ldi, 347 kishi yaralandi.
Fransiyalik iste’fodagi general Jak Giyman, agar G‘arb Rossiyaga “bema’ni sanksiyalar” bilan bosim qilishda davom etsa, yadro urushi bo‘lishini bashorat qilmoqda. Generalning ta’kidlashicha, AQSh va Yevropa davlatlari go‘yoki tinchlik bo‘lishini xohlaydi, lekin Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda va “o‘chayotgan cho‘g‘ni alangalatishda” davom etapti. Garchi, generalning fikricha, na Yevropa davlatlari, na Vashington Rossiya bilan haqiqiy to‘qnashuvga chiqish uchun vositaga ega.
Prezident Vladimir Putin 27-aprel kuni Rossiya parlamentida so‘zlagan nutqida: “Donbass va Ukrainada olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyaning barcha vazifalari so‘zsiz bajariladi Agar kimdir aralashmoqchi va xavf-xatar tug‘diradigan bo‘lsa - zarbalar yashindek tez bo‘ladi, “bu haqida qaror allaqachon qabul qilingan” deya ta’kidladi. Moskva Rossiya Federatsiyasi chegaralari yaqinida Rossiyaga qarshi terroristik hududlar yaratishga yo‘l qo‘ymaydi. Strategik tahdid yuzaga kelgan taqdirda, Rossiya dunyoda hech kimda bo‘lmagan vositalardan foydalanadi.
Yangiliklar lentasi
0