Kosmonavtlar G‘alaba bayrog‘ini ochiq koinotga o‘rnatdilar

Obuna bo‘lish
Rossiyalik kosmonavtlar Artemiyev va Matveyev G‘alaba bayrog‘ini ochiq kosmosga olib chiqishdi. Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.
G‘alaba bayrami arafasida rossiyalik kosmonavtlar Oleg Artemiyev va Denis Matveyev G‘alaba bayrog‘ining nusxasini ochiq koinotga olib chiqishdi. Ushbu haqida videotranslyatsiya "Roskosmos" saytida joylashtirildi.
Rossiyaning "Prichal" moduli yonida bo‘lgan kosmonavtlar o‘zlarining ochiq kosmosdagi asosiy operatsiyalari oralig‘ida, qizil bayroqni olib chiqib, ochishdi. Roskosmosda aniqlik kiritilishicha, Artemev bayroqni stansiya bortiga olib chiqishni taklif qilgan.
Artemiyev va Matveyev 28-aprel kuni Moskva vaqti bilan 18:00 da Xalqaro kosmik stansiyani tark etishdi. Ularning vazifalari ERA manipulyator qo‘lini blokirovkadan chiqarish, shuningdek, uning birinchi harakatlarini boshqarishni o‘z ichiga oladi. Manipulyatorni stansiya ichidan turib yana bir rossiyalik kosmonavt Sergey Korsakov boshqaradi.
Yangiliklar lentasi
0