O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyati taqiqlandi

© SputnikStavki na sport, arxivnoe foto
Stavki na sport, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ilk bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi dastlabki tashkilotlar 2000-yillar boshida paydo bo‘lgan.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish imkonini beruvchi ilgari tasdiqlangan ko‘rsatmalarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Yangi hujjatga ko‘ra, tegishli idoralarga “2022 yil 1-aprelga qadar bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish to‘g‘risida”gi ko‘rsatma o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.
Avvaliga rasmiylar bukmekerlik kontorlardan tushgan mablag‘lar davlat budjetiga (10 foiz), bolalar futbolini (45 foiz) va boshqa sport turlarini (45 foiz) rivojlantirishga yo‘naltirilishini rejalashtirgan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ilk bukmekerlik idoralari 2000-yillar boshida paydo bo‘lgan bo‘lsa, ularning gullagan davri 2006-yilda Germaniyada jahon chempionati bo‘lib o‘tgan paytga to‘g‘ri keldi.
Keyin bu biznes taqiqlandi, lekin noqonuniy pul tikish sxemalari faoliyatini to‘xtatmadi. Geymerlar orasida onlayn lotereya tizimlari ham juda mashhur edi.
Norasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda noqonuniy sportga pul tikish hajmi yiliga 350 million dollarga baholangan.
Yaqinda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi O‘zbekistonda faoliyati noqonuniyligicha qolayotgan 10 dan ortiq bukmekerlik kontorliklarining veb-saytlariga kirishni ta’qiqlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0