https://oz.sputniknews-uz.com/20220429/ramazon-hayiti-arafasida-usmon-quroni-haqida-film-namoyish-etiladi-24282345.html
Ramazon Hayiti arafasida Usmon Qurʼoni haqida film namoyish etiladi
Ramazon Hayiti arafasida Usmon Qurʼoni haqida film namoyish etiladi
Filmi tasvirga olish ishlari Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo hamda Sankt-Peterburgda olib borildi. 29.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-29T14:27+0500
2022-04-29T14:27+0500
2022-04-29T14:27+0500
jamiyat
qurʼoni karim
ramazon oyi
ramazon hayiti
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/506/31/5063196_0:54:1025:630_1920x0_80_0_0_7fca1f8ac749436c1323134e4db21baf.jpg
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. “Usmon Qurʼonining qaytishi” hujjatli filmi suratga olindi. Bu haqda Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi xabar bermoqda. Agentlik maʼlum qilishicha, ushbu film muborak Ramazon oyi uchun munosib tuhfa boʻladi.Filmda ushbu nodir muqaddas qoʻlyozmaning XIX asr oxirida Rossiyaga yuborilishi, Sankt-Peterburgdagi Imperator kutubxonasida saqlanishi va keyinchalik Ufa muftiyatiga topshirilishi bilan voqealar oʻrganilgan.Arxiv hujjatlari asosida Usmon Qurʼonining 1923 yilda Oʻzbekistonga qaytarilishi haqida hikoya qilingan. Filmda Usmon Qurʼonining 1989 yilda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari idorasiga topshirilishiga guvoh boʻlgan insonlarning hikoyalaridan ham foydalanilgan.“Filmni Ramazon Hayiti arafasida Oʻzbekiston telekanallarida namoyish etish rejalashtirilgan”, - deyiladi xabarda.Taʼkidlanishicha, film Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi, Bi-Bi-Si oʻzbek xizmati, Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha butunjaxon jamiyati, OʻzEOAVMA va Sevimli telekanali hamkorligida suratga olingan.Maʼlumot uchun, Usmon Qurʼoni bu Qurʼoni Karimning saqlanib qolgan eng qadimgi nusxasi hisoblanadi. Ikki yil avval birinchi kitob haqida “Katta Langar qurʼoni: sirlar va haqiqatlar” nomli film suratga olingan edi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/506/31/5063196_56:0:967:683_1920x0_80_0_0_4fae47d189e69ce06947608ac2e53417.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qurʼoni karim, ramazon oyi, ramazon hayiti
Ramazon Hayiti arafasida Usmon Qurʼoni haqida film namoyish etiladi
Filmi tasvirga olish ishlari Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo hamda Sankt-Peterburgda olib borildi.
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. “Usmon Qurʼonining qaytishi” hujjatli filmi suratga olindi. Bu haqda Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi
xabar bermoqda.
Agentlik maʼlum qilishicha, ushbu film muborak Ramazon oyi uchun munosib tuhfa boʻladi.
“Usmon Qurʼonining qaytishi” hujjatli filmida Toshkentdagi qadim Usmon mushafining hayratlarga boy tarixi soʻzlanadi. Filmni tasvirga olish ishlari Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo hamda Sankt-Peterburgda olib borilgan.
Filmda ushbu nodir muqaddas qoʻlyozmaning XIX asr oxirida Rossiyaga yuborilishi, Sankt-Peterburgdagi Imperator kutubxonasida saqlanishi va keyinchalik Ufa muftiyatiga topshirilishi bilan voqealar oʻrganilgan.
Arxiv hujjatlari asosida Usmon Qurʼonining 1923 yilda Oʻzbekistonga qaytarilishi haqida hikoya qilingan. Filmda Usmon Qurʼonining 1989 yilda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari idorasiga topshirilishiga guvoh boʻlgan insonlarning hikoyalaridan ham foydalanilgan.
“Filmni Ramazon Hayiti arafasida Oʻzbekiston telekanallarida namoyish etish rejalashtirilgan”, - deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, film Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi, Bi-Bi-Si oʻzbek xizmati, Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha butunjaxon jamiyati, OʻzEOAVMA va Sevimli telekanali hamkorligida suratga olingan.
Maʼlumot uchun, Usmon Qurʼoni bu Qurʼoni Karimning saqlanib qolgan eng qadimgi nusxasi hisoblanadi. Ikki yil avval birinchi kitob haqida “Katta Langar qurʼoni: sirlar va haqiqatlar” nomli film suratga olingan edi.