https://sputniknews-uz.com/20220429/rossiya-brendi-ozbekiston-poyabzallarini-import-qilishga-qiziqmoqda-24279448.html
Rossiya brendi Oʻzbekiston poyabzallarini import qilishga qiziqmoqda
Rossiya brendi Oʻzbekiston poyabzallarini import qilishga qiziqmoqda
Oʻzbekistonga charm-poyabzal sohasidagi rossiyalik dizayner va texnologlar jalb etilishi kutilmoqda 29.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-29T13:19+0500
2022-04-29T13:19+0500
2022-04-29T13:19+0500
iqtisod
poyabzal
eksport
rossiya
hamkorlik
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/147/38/1473851_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_b07a3f4065df61e6bc11a9cfca9cd08a.jpg
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Rossiya brendi Oʻzbekistondagi korxonalardan uchta segmentdagi charm-poyabzal mahsulotlarini xarid qiladi. Bu haqda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi xabar bermoqda. Tomonlar hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatda ishlab chiqarilgan poyabzallar eksportining Rossiya bozoridagi koʻlamini kengaytirishga kelishib olishdi.Muzokaralar davomida, ayollar liboslarini yaratib kelayotgan “SOL” brendi oʻzbek korxonalari bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi. Ushbu brend hozirda Xitoy bilan hamkorlik qilib kelmoqda.Aytilishicha, ushbu brend Oʻzbekistondagi korxonalardan dastlab lyuks toifasidagi poyabzallarni xarid qiladi. Hozirgi bosqichda har bir oʻlchamdan 100 donadan sotib olish rejalashtirilmoqda.Shuningdek, sport va bolalar poyabzallari xaridini ham amalga oshirish boʻyicha manfaatli takliflar koʻrib chiqildi.Eslatib oʻtamiz, avvalroq "Oʻzcharmsanoat" Rossiyaning "Avanti" MCHJ kompaniyasi rahbariyati bilan Oʻzbekiston korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Rossiyaga eksport qilish masalasini muhokama qilgan edi. Unda poyabzal ishlab chiqarish boʻyicha Oʻzbekistonda qoʻshma korxona tashkil etish imkoniyatlari koʻrib chiqilgan.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/147/38/1473851_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_7520a1aea14b123673e9b21bed3520db.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
poyabzal, eksport, rossiya, hamkorlik
Rossiya brendi Oʻzbekiston poyabzallarini import qilishga qiziqmoqda
Oʻzbekistonga charm-poyabzal sohasidagi rossiyalik dizayner va texnologlar jalb etilishi kutilmoqda
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Rossiya brendi Oʻzbekistondagi korxonalardan uchta segmentdagi charm-poyabzal mahsulotlarini xarid qiladi. Bu haqda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi
xabar bermoqda.
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi rossiyalik dizayner va texnologlarni jalb etish hamda charm-poyabzal sohasida ikki tomonlama aloqalar koʻlamini yanada kengaytirish maqsadida Rossiya yengil sanoat va oʻrmon xoʻjaligi sanoati kompleksi departamenti delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashdi.
Tomonlar hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatda ishlab chiqarilgan poyabzallar eksportining Rossiya bozoridagi koʻlamini kengaytirishga kelishib olishdi.
Muzokaralar davomida, ayollar liboslarini yaratib kelayotgan “SOL” brendi oʻzbek korxonalari bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi. Ushbu brend hozirda Xitoy bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Aytilishicha, ushbu brend Oʻzbekistondagi korxonalardan dastlab lyuks toifasidagi poyabzallarni xarid qiladi. Hozirgi bosqichda har bir oʻlchamdan 100 donadan sotib olish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, sport va bolalar poyabzallari xaridini ham amalga oshirish boʻyicha manfaatli takliflar koʻrib chiqildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq "Oʻzcharmsanoat" Rossiyaning "Avanti" MCHJ kompaniyasi rahbariyati bilan Oʻzbekiston korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Rossiyaga eksport qilish masalasini muhokama qilgan edi. Unda poyabzal ishlab chiqarish boʻyicha Oʻzbekistonda qoʻshma korxona tashkil etish
imkoniyatlari koʻrib chiqilgan.