Rossiyaning “Ural” motosikli endi Qozog‘istonda ishlab chiqariladi

© IMZMotosikl "Ural"
Motosikl Ural - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2022
Obuna bo‘lish
“Ural” motosiklini ishlab chiqarish Rossiyada to‘xtatilmaydi. Qozog‘istonda ishlab chiqariladigan motosikllar eksportga ham yo‘naltiriladi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Qozog‘istonda Rossiyaning “Ural” motosikli ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Ural” motosiklini ishlab chiqarish Rossiyada to‘xtatilmaydi. Rossiyalik ishlab chiqaruvchi Qozog‘istonda ham zavod ochishga qaror qildi.
© IMZMotosikl "Ural"
Motosikl Ural - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2022
Motosikl "Ural"
Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi sanoatni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Oljas Saparbekov ma’lum qilishicha, Rossiyaning “Ural” motosiklini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Qozog‘istonda ham zavod ochadi. Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan motosikllarni eksportga yo‘naltirish ham rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, mamlakat avtomobilsozligida mahalliy tarkibning o‘rtacha darajasi 33 foizni, ayrim modellarda esa 50 foizga yetgan.
Oljas Saparbekovning so‘zlariga ko‘ra, “mahalliy tarkib” va “mahalliylashtirish” tushunchalarini farqlash zarur.
“Mahalliy tarkib ulushini hisoblashning tasdiqlangan metodologiyasi mavjud. U nafaqat butlovchi bazadan, balki Qozog‘istonda qolgan qo‘shilgan qiymatdan, ishchilarning ish haqi va avtomobil ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan boshqa xizmatlardan ham shakllanadi. Lokalizatsiyaga kelsak, bunga o‘zlashtirilgan texnologiyalar va boshqa jarayonlar, jumladan, payvandlash, bo‘yash va yig‘ish orqali erishiladi. Mayda uzelli yig‘ish mingga yaqin operatsiyadan iborat. Bugun biz butlovchi qismlar ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar paydo bo‘lgan yangi bosqichga o‘tmoqdamiz”, deydi Oljas Saparbekov.
Ma’lumot uchun, "Ural" zavodi hozirda dillerlik tarmog‘larini faol ravishda kengaytirmoqda. Ayni vaqtda motosikllar Moskva, Novosibirsk va Qozog‘istondagi rasmiy dillerlik punktlarida sotilmoqda.
Lekin asosiy mahsulot - eksportga jo‘natilmoqda. Xususan, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya va AQShga. Ha, aynan AQSh bugun ushbu motosikllar uchun asosiy bozorga aylangan. U yerda "Ural" motosikllarining o‘z ishqibozlari bor. Ko‘pchillikka uning mustahkamligi va o‘ziga xosligi yoqadi.
Bir vaqtlar yiliga 130 ming motosikl ishlab chiqargan Irbit motosikl zavodi bugun o‘rtacha 1500ta apparat ishlab chiqaradi va undan 1200ga yaqini AQShga jo‘natiladi. Qozog‘istonda qo‘shma korxona ochilishining asosiy sabablaridan biri ham aynan shu bo‘lsa ajab emas. Sanksiyalar eksportga to‘siq bo‘lmasligi uchun.
© IMZMotosikl "Ural"
Motosikl Ural - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2022
Motosikl "Ural"
Yangiliklar lentasi
0