https://oz.sputniknews-uz.com/20220429/termitlar-keltirgan-zarar-40-milliard-aqsh-dollarga-etdi-24278298.html
Yangi xavf: Termit chumolilari ulkan zarar keltirmoqda
Yangi xavf: Termit chumolilari ulkan zarar keltirmoqda
Termitlarning koʻpayish sababi dunyo miqyosida iqlim oʻzgarishi, havo haroratining koʻtarilishi hamda antropogen omillarning avj olishi bilan bogʻlanmoqda. 29.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-29T12:07+0500
2022-04-29T12:07+0500
2022-04-29T12:17+0500
jamiyat
olimlar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/590/63/5906305_0:0:1001:563_1920x0_80_0_0_82f17b8897531d09a5fb3d1856185f08.jpg
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Termitlarning dunyo miqyosida har yili keltiradigan zarari 40 milliard AQSH dollarini tashkil qilmoqda. Bu haqda Zoologiya instituti direktori Baxtiyor Xolmatov AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi. Oʻzbekistonda termitlar aholi turar joylari, tarixiy-madaniy obidalar, ijtimoiy soha obʼyektlari va inshootlardagi yogʻoch-taxta qurilish materiallariga zarar keltirmoqda. Oʻtkazilgan monitoring natijasida quyidagi holatlar aniqlangan: Bunda, Qoraqalpogʻiston respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari termitlar tomonidan kuchli zararlangan hududlar hisoblanadi.Maʼlumot uchun, dunyoda termitlarning 3000 ga yaqin turi mavjud boʻlib, ular qir chumolilar yoki oq chumolilar (Isoptera) deb ham ataladi. Ular asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan va chumolilarga oʻxshab jamoa boʻlib uyalarda yashaydi. Oʻzbekistonda termitlarning 2 turi Turkiston termiti Anacanthotermes turkestanicus Jacobs., 1904 hamda katta Kaspiy orti termiti Anacanthotermes ahngerianus Jacobs., 1904 turlari respublikamizning deyarli barcha viloyat hududlarida uchraydi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/590/63/5906305_124:0:875:563_1920x0_80_0_0_ec906858603e831efa6274035f081afe.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
olimlar
Yangi xavf: Termit chumolilari ulkan zarar keltirmoqda
12:07 29.04.2022 (yangilandi: 12:17 29.04.2022) Termitlarning koʻpayish sababi dunyo miqyosida iqlim oʻzgarishi, havo haroratining koʻtarilishi hamda antropogen omillarning avj olishi bilan bogʻlanmoqda.
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Termitlarning dunyo miqyosida har yili keltiradigan zarari 40 milliard AQSH dollarini tashkil qilmoqda. Bu haqda Zoologiya instituti direktori Baxtiyor Xolmatov AOKAda oʻtkazilgan brifingda
maʼlum qildi.
Oʻzbekistonda termitlar aholi turar joylari, tarixiy-madaniy obidalar, ijtimoiy soha obʼyektlari va inshootlardagi yogʻoch-taxta qurilish materiallariga zarar keltirmoqda. Oʻtkazilgan monitoring natijasida quyidagi holatlar aniqlangan:
Aholi turar joylarida
– 18 958 ta holat;Madaniy-tarixiy obidalarda
– 46 ta holat;Strategik ahamiyatga ega boʻlgan obʼyektlarda-
15 ta holat;Ijtimoiy soha obʼyektlarida
– 98 ta holat;Dala va choʻl zonalari, qabristonlar va boshqa ochiq joylarda
– 1082 ta maydonlar termitlarning mavjudligi aniqilangan.
Bunda, Qoraqalpogʻiston respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari termitlar tomonidan kuchli zararlangan hududlar hisoblanadi.
Eng achinarlisi - termitlar oʻzbek xalqining bir necha asrlardan beri avloddan avlodga oʻtib kelayotgan noyob xalq amaliy sanʼati durdonalari hisoblangan yogʻoch oʻymakorligi namunalariga ham jiddiy zarar yetkazmoqda va hatto favqulodda holatlar kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda, - deydi olim
Maʼlumot uchun, dunyoda termitlarning 3000 ga yaqin turi mavjud boʻlib, ular qir chumolilar yoki oq chumolilar (Isoptera) deb ham ataladi. Ular asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan va chumolilarga oʻxshab jamoa boʻlib uyalarda yashaydi. Oʻzbekistonda termitlarning 2 turi Turkiston termiti Anacanthotermes turkestanicus Jacobs., 1904 hamda katta Kaspiy orti termiti Anacanthotermes ahngerianus Jacobs., 1904 turlari respublikamizning deyarli barcha viloyat hududlarida uchraydi.