https://oz.sputniknews-uz.com/20220429/xavflar-osishi-toxtadi-rossiya-markaziy-banki-asosiy-stavkani-tushirdi--24288528.html
"Xavflar oʻsishi toʻxtadi": Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani tushirdi
"Xavflar oʻsishi toʻxtadi": Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani tushirdi
Rossiya Markaziy banki kutilmaganda asosiy stavkasini 17 foizdan 14 foizga tushirdi. 29.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-29T18:39+0500
2022-04-29T18:39+0500
2022-04-29T18:39+0500
rossiya
iqtisod
markaziy bank
asosiy stavka
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/1d/24284840_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_6e0105f328bf72ff193fcbd9578c059c.jpg
TOSHKENT, 29 apr - Sputnik. Rossiya banki oʻzining asosiy stavkasini yillik 17 foizdan 14 foizga tushirdi, deb xabar qilmoqda regulyator matbuot xizmati. Shunday qilib, Markaziy bank tomonidan qayd etilganidek, oxirgi haftalik maʼlumotlar rublning mustahkamlanishi va isteʼmolchi faolligining sovishi tufayli inflyatsiyaning sekinlashuvidan dalolat beradi. Import oʻrnini bosish samaradorligi, shuningdek, tayyor mahsulotlar, xomashyo va butlovchi qismlar importining tiklanish koʻlami va tezligi kabi koʻrsatkichlar narxlarning keyingi dinamikasi uchun muhim koʻrsatkichlar boʻldi. Regulyatorning prognoziga koʻra, 2022 yilda yillik inflyatsiya darajasi 18-23 foiz oraligʻida boʻladi, 2023 yilda u 5-7 foizgacha pasayadi va 2024 yilda 4% koʻrsatkichiga qaytadi. Maʼlumot uchun, biroz oldin Hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrin 2022 yilda Rossiyada inflyatsiya bazaviy prognozga koʻra 20,7 foizni, kelgusi yilda esa 6 foizdan koʻproqni tashkil etishini aytgan edi. Rossiya Ukrainadagi harbiy amaliyoti boshlanganidan soʻng Gʻarb Moskvaga nisbatan sanktsiyalar bosimini kuchaytirdi. Cheklov choralari, birinchi navbatda, bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Koʻpgina davlatlar Rossiya aktivlari muzlatilishini eʼlon qildi. Kreml bu choralarni misli koʻrilmagan iqtisodiy urush deb atadi. Lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini taʼkidladi. Rossiya banki valyuta bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish choralarini koʻrdi; doʻstona boʻlmagan mamlakatlarga gaz etkazib berish uchun toʻlovlar rublga aylantirildi. Bundan tashqari, hukumat biznesni qoʻllab-quvvatlash rejasini tayyorladi, uni moliyalashtirish miqdori taxminan bir trillion rublni tashkil qilishi kutilmoqda.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/1d/24284840_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_28873d0af0add90949bc1f687183eb3f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
iqtisod, markaziy bank, asosiy stavka
"Xavflar oʻsishi toʻxtadi": Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani tushirdi
Rossiya Markaziy banki kutilmaganda asosiy stavkasini 17 foizdan 14 foizga tushirdi.
TOSHKENT, 29 apr - Sputnik. Rossiya banki oʻzining asosiy stavkasini yillik 17 foizdan 14 foizga tushirdi, deb xabar qilmoqda regulyator matbuot xizmati.
"Rossiya iqtisodiyoti uchun tashqi sharoitlar ogʻirligicha qolmoqda va iqtisodiy faollikni sezilarli darajada cheklab qoʻymoqda. Shu bilan birga, narx va moliyaviy barqarorlik uchun xavflar oʻsishni toʻxtatdi, bu esa asosiy stavkaning pasayishi uchun sharoit yaratdi", deyiladi xabarda.
Shunday qilib, Markaziy bank tomonidan qayd etilganidek, oxirgi haftalik maʼlumotlar rublning mustahkamlanishi va isteʼmolchi faolligining sovishi tufayli inflyatsiyaning sekinlashuvidan dalolat beradi.
Import oʻrnini bosish samaradorligi, shuningdek, tayyor mahsulotlar, xomashyo va butlovchi qismlar importining tiklanish koʻlami va tezligi kabi koʻrsatkichlar narxlarning keyingi dinamikasi uchun muhim koʻrsatkichlar boʻldi.
Regulyatorning prognoziga koʻra, 2022 yilda yillik inflyatsiya darajasi 18-23 foiz oraligʻida boʻladi, 2023 yilda u 5-7 foizgacha pasayadi va 2024 yilda 4% koʻrsatkichiga qaytadi.
Maʼlumot uchun, biroz oldin Hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrin 2022 yilda Rossiyada inflyatsiya bazaviy prognozga koʻra 20,7 foizni, kelgusi yilda esa 6 foizdan koʻproqni tashkil etishini aytgan edi.
Rossiya Ukrainadagi harbiy amaliyoti boshlanganidan soʻng Gʻarb Moskvaga nisbatan sanktsiyalar bosimini kuchaytirdi. Cheklov choralari, birinchi navbatda, bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Koʻpgina davlatlar Rossiya aktivlari muzlatilishini eʼlon qildi. Kreml bu choralarni misli koʻrilmagan iqtisodiy urush deb atadi. Lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini taʼkidladi.
Rossiya banki valyuta bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish choralarini koʻrdi; doʻstona boʻlmagan mamlakatlarga gaz etkazib berish uchun toʻlovlar rublga aylantirildi. Bundan tashqari, hukumat biznesni qoʻllab-quvvatlash rejasini tayyorladi, uni moliyalashtirish miqdori taxminan bir trillion rublni tashkil qilishi kutilmoqda.