Jamiyat

SSV xavfli infektsiya tufayli Kinder shokoladini nazoratga oldi

© UnsplashKinder syurpriz
Kinder syurpriz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Hozirgacha mamlakatda shokolad orqali salmonellyoz infektsiyasini yuqtirish holatlari qayd etilmagan.
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Belgiyada tarqalayotgan salmonellyoz infektsiyasi sabab Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi “Kinder” savdo belgisi ostidagi mahsulotlarni nazoratdan oʻtkazyapti. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirgacha mamlakatda shokolad orqali salmonellyoz infektsiyasini yuqtirish holatlari qayd etilmagan. Shu kunlarda dunyoning ayrim mamlakatlarida “Kinder” savdo belgisi ostida Belgiyada ishlab chiqarilgan shokolad mahsulotlari sotuv rastalaridan olib tashlanmoqda.
Chunki Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, hozirgacha dunyoning 11 davlatida salmonellyoz kasalligiga chalinish holatlari keskin oshib ketishi ayni shu shirinliklar bilan bogʻliq. Zararlangan shokolad mahsulotlari kamida 113 mamlakatga tarqatilgani aytilmoqda.
Ayni paytga qadar salmonellyoz bilan bogʻliq 151 holat roʻyxatga olingan. Rossiyaliklar ham “Kinder”da salmonellyoz infeksiyasi borligi haqida ogohlantirilgan. Rospotrebnadzor zarur choralarni koʻrmoqda.
Mutaxassislar izohiga koʻra, salmonellyoz insonning oshqozon-ichak traktiga zarar yetkazuvchi bakteriyalardir. Ushbu infektsiya koʻp hollarda bemorlarda yengil alomatlar bilan kechsa, baʼzi turlari odamlarda oʻtkir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Umumiy simptomlar orasida diareya, isitma, qorin ogʻrigʻi va koʻngil aynishi koʻp kuzatiladi. Kasallikka aniq tashxis qoʻyish uchun mikrobiologik va bakteriologik tahlillar zarur.
Yangiliklar lentasi
0