Jamiyat

Ertaga Samarqandda favvoralar sayli oʻtkaziladi

© Foto: Ramiz BaxtiyarovDeti vozle fontana v parke
Deti vozle fontana v parke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
1 may kuni Samarqandda favvoralar sayli oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Ertaga, 1 may kuni - Samarqandda favvoralar sayli oʻtkaziladi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati Sputnik muxbiriga xabar qildi.
Favvoralar atrofida tashkil etilgan sahnada “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi viloyat boʻlimi, “Barkamol avlod” markazi aʼzolari, shahar va tuman bolalar musiqa va sanʼat maktabi, Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi hamda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, badiiy jamoalar oʻz chiqishlari bilan ishtirok etadi.
Sayillar butun viloyat boʻyicha oʻtkaziladi.
1 may - Samarqand favvoralari sayli kuni 2015 yildan buyon bu tadbir anʼanaga aylanib, har yili keng nishonlanadigan boʻldi. Afsuski, 2020-2021 yillarda koronavirus pandemiyasi avj olgani, karantin talablari kuchaytirilgani sabab sayil oʻtkazilmagandi.
Favvoralar sayli Samarqand shahridagi Koʻksaroy va Teatr maydonlarida, Universitet xiyobonlarida, Islom Karimov haykali oʻrnatilgan maydonda, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari oʻrnatilgan hududda, “Shoirlar bogʻi” va Samarqand temir yoʻl vokzali maydonidagi favvoralar atrofida oʻtkazilgan.
Yangiliklar lentasi
0