Urushda halok boʻlgan oʻzbekistonlik askarning shaxsiy buyumlari qarindoshlariga topshirildi
11:15 30.04.2022 (yangilandi: 11:37 30.04.2022)
© Sputnik / Anna JelixovskayaPoiskovыy otryad peredal rodnыm veщi propavshego boytsa VOV

© Sputnik / Anna Jelixovskaya
Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan oʻzbekistonlik askarning shaxsiy buyumlari qarindoshlariga topshirildi.
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. “Gʻalaba” bogʻi yodgorlik majmuasi rahbari polkovnik Shuhrat Yusupov Qizil Armiya askari, katta serjant Arslanbek Qobulbekovning shaxsiy buyumlari va mukofotlarini uning yaqinlariga topshirdi.
© Sputnik / Anna JelixovskayaPoiskovыy otryad peredal rodnыm veщi propavshego boytsa VOV

Poiskovыy otryad peredal rodnыm veщi propavshego boytsa VOV
© Sputnik / Anna Jelixovskaya
Jangchi Qoraqalpogʻistonning Taxtakoʻpir viloyatidan boʻlgan. Kalinin fronti 306-oʻqchi diviziyasi 992-oʻq polki 6-oʻqchilar rotasi vzvod komandirining yordamchisi boʻlib xizmat qilgan. 1943 yil 16 avgustda Smolensk viloyati Logi qishlogʻida halok boʻlgan.
© Sputnik / Anna JelixovskayaPoiskovыy otryad peredal rodnыm veщi propavshego boytsa VOV

Poiskovыy otryad peredal rodnыm veщi propavshego boytsa VOV
© Sputnik / Anna Jelixovskaya
Oʻtgan yil may oyida Smolensk viloyatida olib borilgan qidiruv ishlarida bir qancha sovet askarlarining qoldiqlari va shaxsiy buyumlari topildi. Ular orasida “Jangovar xizmatlari uchun” medali ham bor edi. Shu orqali uning egasini aniqlashga muvaffaq boʻldi.
© Sputnik / Anna JelixovskayaPoiskovыy otryad peredal rodnыm veщi propavshego boytsa VOV

Poiskovыy otryad peredal rodnыm veщi propavshego boytsa VOV
© Sputnik / Anna Jelixovskaya
Mukofot roʻyxatidagi maʼlumotlarga koʻra, Qobulbekov shaxsan oʻzi 10 nafar nemis askarini miltiq bilan yakson qilgan.