Hayit namozi qanday o‘qiladi - video

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovJiteli Tashkenta vo vremya namaza
Jiteli Tashkenta vo vremya namaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2022
Obuna bo‘lish
Hayit namozini o‘qish tartibi - O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tayyorlangan videoni e’tiboringizga havola etamiz.

Ramazon hayiti namozi 2-may kuni Toshkent shahrida soat 05:40 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.
Ramazon hayiti - Iydul fitr deyiladi. Bu kun musulmonlar uchun xursandchilik, shodlik, kengchilik va bayram kunidir. Bu kun o‘zgacha shukuh va fazilatga ega. Musulmonlarning ikki muborak bayramlaridan biri hisoblanadi.
Hayit bayramlarida yoshu qari, boyu-kambag‘al jamiyat vakillarining barchalari shodu-xurram bo‘lishib, bir-birlariga xursandchilik izhor qiladilar.
Shu bilan birga, masjidlarda hayit namozi ado etiladi.
To‘liq niyat quyidagicha qilinadi: Shu vaqtda vojib bo‘lgan Ramazon (yoki Qurbon) hayiti namozini barcha takbirlari bilan shu imomga iqtido qilib, yuzimni Ka’baning bir tarafiga qaratib, xolis Alloh uchun o‘qishga niyat qildim.
1.
Alloh rizoligi uchun hayit (Ramazon yoki Qurbon) namozini o‘qishga niyat qilinadi.
2.
Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi.
3.
Takbir aytilganidan so‘ng, qo‘lni qovushtirib turib, har kim ichida sano duosini o‘qiydi. So‘ngra imom qo‘llarini quloqlariga ko‘tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so‘ng qo‘llar bog‘lanib, qiyom holida turiladi.
4.
Imom ichida “A’uzu”ni va “Bismillah”ni aytib, ovoz chiqarib “Fotiha” surasini va zam surani o‘qiydi. Takbir aytib ruku va sajda ado etiladi.
5.
Shundan so‘ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom “Fotiha” surasi bilan zam sura o‘qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi.
6.
To‘rtinchi takbirda qo‘l ko‘tarmasdan imom orqasidan ruku va sajda ado qilinadi.
7.
Sajdadan so‘ngra “Attahiyyot”, “Salovat” va “Duo” o‘qilib, salom berilib, namoz tugatiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tayyorlangan videolavhada bayram namozini o‘qish tartibini bilib olishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0