Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Buyraklarni qanday sogʻlom asrash mumkin?

Xodba  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Nefrolog mutaxassisning taʼkidlashicha, muntazam piyoda yurish va toʻgʻri ovqatlanish buyraklar salomatligida katta ahamiyatga ega.
Nefrolog Verner Rigel Germaning “Focus.de ”nashriga buyraklar salomatligini asraydigan eng oddiy tavsiyalari bilan boʻlishdi.
Qandli diabet, yuqori qon bosimi va siydik tizimidagi infektsiyalar buyraklar salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli shifokor qon bosimi va unda shakar miqdorini nazorat qilishni tavsiya qildi. Siydik tizimining kasalliklari ogʻriq, tez-tez chiqarish bilan belgi beradi.
Mutaxassis buyraklar uchun 30 daqiqadan kam boʻlmagan sayr yoki bir kunda 10 000 qadam yurishni tavsiya qilgan. Bu mushaklarni oziq moddalar bilan taʼminlashni yaxshilaydi va metabolizmni tezlashtiradi.
Jumladan, muvozanatlashtirilgan ovqatlanish ham buyraklar salomatligida juda katta ahamiyatga ega. Shifokor–nefrolog kunlik ratsionga meva-sabzavotlarni qoʻshishni, eng kamida haftada bir marotaba baliq isteʼmol qilish va organizmda tuz va oqsillar miqdorini nazorat qilishni tavsiya qildi.
Shuningdek, bir kunda ikki litr suv, mevali choy va bir bokal vino isteʼmol qilish ham salomatlik uchun yaxshi samara beradi.
Yangiliklar lentasi
0