Jamiyat

Oʻzbekiston Afgʻoniston havo hududini buzmagan - Mudofaa vazirligi

© Press-slujba Ministerstva oboronы UzbekistanaMinisterstvo oboronы Uzbekistana
Ministerstvo oboronы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston dronlari Afgʻoniston havo hududini buzib oʻtgani haqida xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi – Mudofaa vazirligi.
TOSHKENT, 1 may — Sputnik. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oʻzbekistonga tegishli uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afgʻoniston havo makonini buzib oʻtgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
"Bu kabi tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi harbiy-havo kuchlari tomonidan qoʻshni davlatlar havo makonini buzish holatlari boʻlmagan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari qoʻshni davlatlar aviatsiyasi tomonidan mamlakatimiz havo makonining buzilish holatlarini qayd etmagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining uchuvchisiz boshqariladigan, qiruvchi va ishgʻol aviatsiyasi qatʼiy belgilangan tartibda jangovar navbatchilik oʻtamoqda", deyilgan vazirlik bayonotida.
Yangiliklar lentasi
0