“O‘zbekneftgaz” Ai-80 benzinning iste’molchilarga yetkazib berilishi bo‘yicha axborot berdi

© Pixabay / bere_moonlight0Avtomobil na AZS, arxivnoe foto
Avtomobil na AZS, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2022
Obuna bo‘lish
“O‘zbekneftgaz” Ai-80 benzinning iste’molchilarga yetkazib berilishi bo‘yicha axborot berdi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik.O‘zbekneftgaz” Ai-80 avtobenzinning iste’molchilarga yetkazib berilishi bo‘yicha axborot berdi.
Xabarda aytilishicha, bugungi kunda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilgan “O‘zbekneftgaz” AJga tegishli Ai-80 markali avtobenzin O‘zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi orqali realizatsiya qilinmoqda.
5 aprel – 29-aprel kunlari birja savdolariga Ai-80 markali avtobenzin jami 7 260 tonnani tashkil qildi.
Bunda, Ai-80 markali avtobenzinning o‘rtacha narxi 8 223 ming so‘m / tonna (yoki 6325 so‘m / litr), minimal – 7 982 ming so‘m / tonna (6 140 so‘m / litr), maksimal – 8 715 ming so‘m / tonna(6 704 so‘m / litr)tashkil qildi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarish zaxiralari mavjud bo‘lib, mahsulot to‘liq quvvatlarda qayta ishlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0