Dunyoda

Armanistonda namoyishchilar Pashinyan isteʼfisini talab qilishmoqda

© Sputnik / Asatur Yesayants / Fotobankka oʻtishOppozitsionnыe aktivistы u zdaniya Natsionalnogo sobraniya Armenii v Yerevane
Oppozitsionnыe aktivistы u zdaniya Natsionalnogo sobraniya Armenii v Yerevane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yerevanda muxolifat kuchlari tomonidan tashkil qilingan norozilik namoyishlari ishtirokchilari amaldagi bosh vazir Nikol Pashinyan isteʼfosini talab qilishmoqda.
TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Yerevanda norozilik namoyishlari davom etmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Namoyishchilar yoʻllarni toʻsib qoʻyishmoqda. Ular amaldagi bosh vazir Nikol Pashinyan isteʼfosini talab qilishmoqda.
Moskva vaqti bilan soat 7:30 da muxolifat kuchlari shaharning markaziy koʻchalari - Myasnikyan, Geratsi, Gnuni va Vardanants koʻchalarini toʻsib qoʻyishgan. Yerevan markazida avtomobil harakati qiyinlashgan, - deyilgan xabarda.
Yerevanda norozilik namoyishlari yakshanba 1 may kuni boshlandi. Muxolifat kuchlari tomonidan tashkil qilingan namoyishlarda minglab ishtirokchilar qatnashdi. Ular koʻchalarda chodirlar oʻrnatishgan va markaziy koʻchalarni toʻsib qoʻyishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0