Sport

Nigina Abduraimova Tunisda oʻtgan turnir chempioni boʻldi

© UzATennisistka Nigina Abduraimova
Tennisistka Nigina Abduraimova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Nigina Tunisdagi turnirda 25 ming AQSH dollari mukofot jamgʻarmasiga ega boʻldi.
TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Tunisning Monastir shahrida tennis boʻyicha ayollar oʻrtasidagi turnir oʻz yakuniga yetdi. Unda oʻzbekistonlik Nigina Abduraimova musobaqa chempionligini qoʻlga kiritdi, deb xabar qilmoqda UzA.
Hal qiluvchi final bahsida Nigina ispaniyalik Yvonne Kavalle-Reimersga qarshi kurashgan. 2 soatu 10 daqiqa davom etgan oʻyinda oʻzbekistonlik sportchi raqibasini 3:6, 6:2, 6:2 hisoblarida magʻlub etgan.
Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatidan maʼlum qilinishicha, shu tariqa Nigina Tunisdagi turnirda 25 ming AQSH dollari mukofot jamgʻarmasiga ega boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0