Video

"Azovstal"da jangarilar sukunat rejimidan foydalanib pozitsiyasini oʻzgartirib oldi - video

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya va DXR kuchlari Ukraina Qurolli kuchlarining Azovstaldagi oʻq otish joylarini yoʻq qilishni boshladi.
TOSHKENT, 3 may - Sputnik. "Azovstal"da jangarilar oʻt ochishni toʻxtatish rejimidan foydalanib, pozitsiyalarini oʻzgartirib olishdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Vadim Astafev.
"Ular yertoʻlalardan chiqib, zavod hududi va binolarida oʻq otish pozitsiyalarini egallashdi. Hozir Rossiya armiyasi va DXR boʻlinmalari artilleriya va aviatsiya yordamida yangi oʻq otish pozitsiyalarini yoʻq qilishga kirishmoqda”, - dedi u.
Soʻnggi kunlar davomida eʼlon qilngan oʻt ochishni toʻxtatish rejimi tufayli yuzlab tinch aholi metallurgiya zavodi hududidan boshqa xavfsiz hududlarga chiqib olishga muvaffaq boʻlgan edi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qoʻshinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yoʻq. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25 martda yakunlandi - Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaytirdi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0