TOSHKENT, 3 may - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi general-mayor Igor Konashenkovning maʼlum qilishicha, tovushdan tez uchuvchi "Oniks" qanotli raketalari Odessadagi xorijdan olib kelingan qurollar joylashgan omborxonalarni vayron qilgan.Uning tushuntirishicha, rossiyalik harbiylar harbiy aerodromdagi logistika markaziga hujum qilgan, u orqali xorijiy qurollar yetkazilgan.Bundan tashqari, yuqori aniqlikda zabra beruvchi raketalar Ukrainaning oltita harbiy obʼyektiga zarba bergan: qoʻriqlanadigan qoʻmondonlik punkti, Slatino qishlogʻi yaqinidagi oʻq-dorilar ombori va toʻrtta harbiylar va texnika toʻplangan manzillar, deya davom etdi Konashenkov.“Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon jami 146 ta samolyot, 112 ta vertolyot, 696 ta uchuvchisiz apparatlar, 286 ta zenit-raketa majmuasi, 2 783 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 316 ta raketalar, 1255 ta dala artilleriya va minomyotlari va 2590 dona maxsus harbiy texnika yoʻq qilindi”, - deya xulosa qildi general.
Rossiya Mudofaa vazirligi Odessa yaqinidagi harbiy aerodromga Oniks raketalari bilan zarba berilganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 3 may - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi general-mayor Igor Konashenkovning maʼlum qilishicha, tovushdan tez uchuvchi "Oniks" qanotli raketalari Odessadagi xorijdan olib kelingan qurollar joylashgan omborxonalarni vayron qilgan.
Uning tushuntirishicha, rossiyalik harbiylar harbiy aerodromdagi logistika markaziga hujum qilgan, u orqali xorijiy qurollar yetkazilgan.
"Maʼlum boʻlishicha, ushbu omborxonada “Bayraktar TB2” uchuvchisiz apparatlari, shuningdek, AQSH va Yevropa davlatlaridan olib kelingan raketalar va oʻq-dorilari saqlangan”, — dedi general.
Bundan tashqari, yuqori aniqlikda zabra beruvchi raketalar Ukrainaning oltita harbiy obʼyektiga zarba bergan: qoʻriqlanadigan qoʻmondonlik punkti, Slatino qishlogʻi yaqinidagi oʻq-dorilar ombori va toʻrtta harbiylar va texnika toʻplangan manzillar, deya davom etdi Konashenkov.
“Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon jami 146 ta samolyot, 112 ta vertolyot, 696 ta uchuvchisiz apparatlar, 286 ta zenit-raketa majmuasi, 2 783 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 316 ta raketalar, 1255 ta dala artilleriya va minomyotlari va 2590 dona maxsus harbiy texnika yoʻq qilindi”, - deya xulosa qildi general.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qoʻshinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yoʻq. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25 martda yakunlandi - Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaytirdi.