Jamiyat

Hokimliklar koʻp kvartirali uylarni boshqarishga aralasha olmaydi – Adliya vazirligi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan
Shavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kщp xonadonli uylarni boshqarish uslubi - barcha mulkdorlar ishtirok etgan umumiy yigʻilishning qarori asosida belgilanadi.
TOSHKENT, 4 may - Sputnik. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari aralashishi yoʻl qoʻyilmaydi. Bu haqida Adliya vazirligi 2020 yilning 1 avgustida kuchga kirgan qonunga asosan xabar qilmoqda.
️Koʻp kvartirali uyni boshqarish, boshqaruv usulini belgilash uy-joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan hal etiladi. ️Umumiy yigʻilish quyidagi vakolatlarga ega:
banklardan kredit olish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
koʻp kvartirali uylarning boshqarish organlari faoliyatini nazorat qilish;
koʻp kvartirali uylar boshqarish organlarining hisobot berish tartibini belgilash.
Boshqarish usulini tanlash toʻgʻrisida mulkdorlar oʻrtasida kelishuvga erishilmaganda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish hududiy boʻlinmasi 3 oyda boshqarish organi vazifalarini amalga oshiruvchi boshqaruv tashkilotini belgilaydi.
Boshqarish usuli umumiy yigʻilishning qarori asosida istalgan vaqtda oʻzgartirilishi mumkin. Umumiy yigʻilishning boshqaruv usulini tanlash toʻgʻrisidagi qarori mazkur koʻp kvartirali uydagi barcha mulkdorlar uchun majburiy.
Koʻp kvartirali uyni shirkatlar boshqarishi mumkinmi?
️Ha, mumkin. Shirkat uy-joylar mulkdorlarining tashabbusiga koʻra tashkil etiladi va oʻz ustaviga muvofiq oʻzini oʻzi boshqarish asosida faoliyat koʻrsatadi.
Shirkatni tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror har bir koʻp kvartirali uydagi barcha joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining 50%dan koʻpi hozir boʻlgan joylar mulkdorlarining taʼsis yigʻilishida qabul qilinadi.
Koʻp kvartirali uylarni boshqarishga hokimliklar gʻayriqonuniy aralashganda uy-joy mulkdorlarining qanday huquqlari mavjud yoki ular qayerga murojaat qilishlari mumkin?
️Bunday holatda maʼmuriy sudlarga murojaat qilish mumkin. Manfaatdor shaxslar maʼmuriy organning qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida ariza (shikoyat) bilan maʼmuriy sudga murojaat qilishga haqli.
️Manfaatdor shaxs oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlgan paytdan 3 oy ichida sudga murojaat qilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0