Hodisalar

Ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi yongʻinda qurbon boʻldi

© Sputnik / Vladimir Burov / Fotobankka oʻtishPojar v Novoy Moskve
Pojar v Novoy Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Moskvada ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi yongʻin vaqtida lift ichida qamalib qolib vafot etdi.
TOSHKENT, 4 may - Sputnik. Moskvada sodir boʻlgan baxtsiz hodisa oqibatida 3 kishi qurbon boʻldi, ularda 2 nafari Oʻzbekiston fuqarolari, deb xabar qilmoqda "112" telegram kanali.
Maʼlum boʻlishicha, Mыtыщi shaharchasidagi 9-qavatli uylarning birida kuchli yongʻin chiqqan. Ikki nafar Oʻzbekiston fuqarolari yongʻin vaqtida lift ichida qamalib qolishgan va havo yetishmasligidan qurbon boʻlgan.
Yongʻin ushbu uydagi xonadonlardan birida chiqqan. Xonadon egasi, 58 yoshli Rossiya fuqarosi sigareta bilan uxlab qolgan. Yongʻindan qutilmoqchi boʻlgan uy egasi 4 qavatdan pastga sakragan. U keyinchalik shifoxonada olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0