Jizzaxda sel oqizib ketgan 20 yoshli fuqaro qutqarildi

© Sputnik / Vitaliy AnkovPodmitaya livnyami dorojnoe polotno na trasse, arxivnoe foto
Podmitaya livnyami dorojnoe polotno na trasse, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2022
Obuna bo‘lish
Zomin tumanining tog‘li hududlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Jizzax viloyati Zomin tumanida sel oqizib ketgan 20 yoshli fuqaro qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar bermoqda
4 may kuni Zomin tumanining tog‘li hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida tumanning "Pishog‘ar", "Achchi" va "Sho‘rcha" qishloqlaridan o‘tgan soylardan sel suvlarini oqishi kuzatgan.
Hodisa oqibatida sel suvlari Jizzax–Zomin avtomobil yo‘li ostida o‘rnatilgan quvurlarga sig‘masdan ushbu yo‘lning 25, 26, 27-kilometrlari ustidan toshib, yana soy o‘zani bo‘ylab oqib o‘tgan.
Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan FVV qutqaruvchilari suvda oqib kelayotgan "Pishog‘ar" QFY Qong‘li qishlog‘ida yashovchi 20 yoshli fuqaro E.N.ni qutqarib oldi. Hozir uning ahvoli yaxshi, tan jarohati olmagan.
Sel oqimi oqibatida aholi tomorqalari, hovlilari va ichki ko‘chalarda suv toshishi holatlari kuzatildi.
Qutqaruvchilar sel suvlari toshgan ko‘chalar, aholi xonadonlarini o‘rganishmoqda. YHX xizmati yo‘llarda xavfsizlikni nazoratga olgan.
Yangiliklar lentasi
0