O‘zbekistonda zamonaviy karvonsaroylar tashkil etiladi

© SputnikDostoprimechatelnosti v Buxare
Dostoprimechatelnosti v Buxare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2022
Obuna bo‘lish
Har bir karvonsaroyda elektromobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va avtoturargoh mavjud bo‘ladi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekistonda turizm transport koridori bo‘ylab yer uchastkalarini realizatsiya qilish va avtomagistral yo‘llari bo‘ylab karvonsaroylar tashkil etiladi. Bu prezident imzolagan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Karvonsaroylar Turizm va madaniy meros vazirligi va Qurilish vazirligi ishlab chiqadigan namunaviy loyihalar asosida barpo etiladi. Ular zamonaviy standartlarga javob beradigan bo‘ladi.
Har bir karvonsaroy tashqi ko‘rinishi an’anaviy arxitektura va ushbu hududning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
Har bir karvonsaroyda turizm xizmatlari, hunarmandchilik va mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi, avtomobillarga, shu jumladan, elektromobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, avtoturargoh hamda zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari mavjud bo‘ladi.
Mutasaddilar bir oy muddatda zamonaviy karvonsaroylarni tashkil etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni shakllantiradi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
O‘zbekistonda plyaj zonalari tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0