Turizm

Mahalliy sayyohlarga keshbek qanday qaytariladi – tafsilotlar

© Sputnik / Utarbekov / Fotobankka oʻtishKompleks staroy kreposti Kunya Ark
Kompleks staroy kreposti Kunya Ark - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ichki sayohatni amalga oshirgan oʻzbekistonliklarga xarajatlarning maʼlum miqdori qoplab beriladi.
TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Oʻzbekistonda 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab mahalliy sayyohlar uchun ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish, yaʼni “Cashback” tartibi joriy etiladi. Prezident tegishli qarorni imzoladi.
Sayohat xarajatlarini qaytarish ichki sayohatlarni rejalashtirish va mablagʻlarni qaytarish hamda “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida taqdim qilinadigan chegirmalar, tayyor turistik paketlarni mustaqil shakllantirishni nazarda tutuvchi elektron platforma, shu jumladan, uning mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Sayohat xarajatlarini qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning oʻzida quyidagilar nazarda tutilganda amalga oshiriladi:
avia, temir yoʻl va (yoki) avtomobil transportidan foydalanish;
joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish;
madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish;
Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
temir yoʻlda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
teatr, muzey, tsirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
Sayohat xarajatlari faqatgina platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlarning bank kartalariga qaytariladi.
Xarajatlar haqqoniyligi Davlat soliq qoʻmitasining maxsus mobil ilovasi (SoliqUz) bilan integratsiya qilingan holda tekshiriladi. Xarid chekining matritsali shtrix kodini (QR-kod) va mahalliy turistlarning doimiy yashash joylarini koʻrsatish orqali sayohatlar roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Moliya vazirligi joriy yilda keshbek dasturi uchun jami 30 milliard soʻm ajratadi.
Oʻzbekistonda plyaj zonalari tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0