https://sputniknews-uz.com/20220504/shavkat-mirziyoev-emomali-rahmonni-ozbekistonga-taklif-qildi-24355183.html
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni Oʻzbekistonga taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni Oʻzbekistonga taklif qildi
Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari telefon orqali muloqot qilishdi. 04.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-04T17:24+0500
2022-05-04T17:24+0500
2022-05-04T17:24+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
emomali rahmon
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/06/0b/19211807_0:267:3077:1998_1920x0_80_0_0_9a8623e80adea6561b7ea8c17cc97601.jpg
TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.Yetakchilar muqaddas Ramazon hayiti bilan bir-birini samimiy qutlab, mamlakatlarning birodar xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik va ravnaq tiladilar.Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida qabul qilingan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi batafsil muhokama qilindi.Amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport sohalari va boshqa yoʻnalishlarda ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.Mirziyoyev va Rahmon hududlar oʻrtasidagi faol muloqotlarni va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish zarurligini taʼkidlashdi.Oʻzaro loyihalar va koʻp qirrali hamkorlik dasturlarini jadallashtirish uchun ikki mamlakat hukumatlari darajasida muntazam uchrashuvlar oʻtkazish va muvofiqlashuvni kuchaytirish muhim ekani qayd etildi.Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabariga koʻra, Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni oʻzi uchun qulay vaqtda Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif etgan.Bundan tashqari, yetakchilar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashishgan va boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqishgan.Eslatib oʻtamiz, Mirziyoyev 2021 yil 10-11 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonda boʻlgan edi. Tashrif davomida energetika, transport, avtomobilsozlik, elektrotexnika, togʻ-kon va yengil sanoat, fan, taʼlim, sport va boshqa sohalarni qamrab olgan jami 35 ta hujjat imzolangan edi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/06/0b/19211807_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_e574d0bf8c8401a28ba6d5dc44cce3ed.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, emomali rahmon
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni Oʻzbekistonga taklif qildi
Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari telefon orqali muloqot qilishdi.
TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar bermoqda. Yetakchilar muqaddas Ramazon hayiti bilan bir-birini samimiy qutlab, mamlakatlarning birodar xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida qabul qilingan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi batafsil muhokama qilindi.
Amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport sohalari va boshqa yoʻnalishlarda ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Mirziyoyev va Rahmon hududlar oʻrtasidagi faol muloqotlarni va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish zarurligini taʼkidlashdi.
Oʻzaro loyihalar va koʻp qirrali hamkorlik dasturlarini jadallashtirish uchun ikki mamlakat hukumatlari darajasida muntazam uchrashuvlar oʻtkazish va muvofiqlashuvni kuchaytirish muhim ekani qayd etildi.
Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
xabariga koʻra, Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni oʻzi uchun qulay vaqtda Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif etgan.
“Tashrifning aniq muddatlari diplomatik aloqalar orqali kelishiladi”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, yetakchilar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashishgan va boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqishgan.
Eslatib oʻtamiz, Mirziyoyev 2021 yil 10-11 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonda boʻlgan edi. Tashrif davomida energetika, transport, avtomobilsozlik, elektrotexnika, togʻ-kon va yengil sanoat, fan, taʼlim, sport va boshqa sohalarni qamrab olgan jami 35 ta hujjat imzolangan edi.