Shavkat Mirziyoyev IIVning Situatsion-tahliliy markazi bilan tanishdi
09:43 04.05.2022 (yangilandi: 09:49 04.05.2022)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v Situatsionno-analiticheskom tsentre

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Situatsion-tahliliy markazga ga "102" tizimi, videokuzatuv kameralari, internet va boshqa manbalardan kelib tushayotgan maʼlumotlar avtomatlashgan tarzda yigʻiladi va qayta ishlanadi.
TOSHKENT, 4 may - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 may kuni Ichki ishlar vazirligining Situatsion-tahliliy markazida boʻldi.
Yangi zamonaviy bino va ilgʻor axborot texnologiyalari, serverlar va kuzatuv ekranlariga ega boʻlgan markaz ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini axborot texnologiyalari asosida boshqarishga ixtisoslashgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v Situatsionno-analiticheskom tsentre

Shavkat Mirziyoyev v Situatsionno-analiticheskom tsentre
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident markazdagi sharoitlarni koʻzdan kechirdi, ish tizimi bilan tanishdi. Bu yerda barcha huquq-tartibot idoralari va shoshilinch xizmatlar maʼlumotlarini integratsiya qilish zarurligini taʼkidladi.
- Bu katta ish. Lekin qamrov va tezkorlikni oshirish kerak. Odamlar qachon oʻzini xavfsiz, erkin sezadi? Qachon turist koʻpayadi? Jinoyatchilik yoʻq boʻlsa, xavfsizligiga ishonsa, koʻchada tartibdan tozalikkacha - hammasi taʼminlangan boʻlsa. Buning uchun barcha huquq-tartibot idoralari maʼlumotlarini bir mushtdek integratsiya qilish kerak. Bu integratsiya kirib borgan har bir tarmoq xodimlarining dunyoqarashini oʻzgartirish zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Markazni koʻzdan kechirgan prezident ushbu tizim uchun kadrlar tayyorlash, tuman va shahar ichki ishlar boʻlimlarida zamonaviy texnologiyalar bilan ishlaydigan tahlilchilar faoliyatini tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v Situatsionno-analiticheskom tsentre

Shavkat Mirziyoyev v Situatsionno-analiticheskom tsentre
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shuningdek, ichki ishlar tizimida “inson omilini istisno etuvchi” elektron navbat, masofadan murojaat kabi onlayn xizmatlarni keng joriy etish vazifasi qoʻyildi.
Undan tashqari Shavkat Mirziyoyevga Samarqand viloyatida yoʻlga qoʻyilgan “Xavfsiz turizm” dasturi namoyish qilindi.
Maʼlumot uchun, Situatsion-tahliliy markazga ga "102" tizimi, videokuzatuv kameralari, internet va boshqa manbalardan kelib tushayotgan maʼlumotlar avtomatlashgan tarzda yigʻiladi va qayta ishlanadi. Buning uchun bu yerda 554 terrabayt xotiraga ega 18 ta server, katta hajmli kuzatuv ekrani, kompyuterlar mavjud.
Ushbu markaz butun Oʻzbekistonda jamoat xavfsizligini taʼminlash uchnu xizmat qiladi. Xususan, qoidabuzarlik, avtotransport davlat raqami yoki shaxsning yuz qiyofasi orqali tezkor aniqlanib, qidiruv tashkil etish imkoni mavjud. Yangi tizim sunʼiy intellekt yordamida ishlaydi va inson omili minimal darajada, - deyiladi habarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSituatsionno-analiticheskiy tsentr MVD

Situatsionno-analiticheskiy tsentr MVD
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana