TIV O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida otishma sodir bo‘lganini rad etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2022
Obuna bo‘lish
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidagi otishmada O‘zbekiston harbiy xizmatchilari halok bo‘lgani haqidagi yolg‘on xabarlar tarqalmoqda.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘zbek-afg‘on chegarasida otishma sodir bo‘lgani aytilgan xabarlar umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston manbalariga tayanib, go‘yoki 2022-yil 4-mayga o‘tar kechasi O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida otishma sodir bo‘lgani, uning oqibatida O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
“Shuni ma’lum qilamizki, tarqatilgan xabarlar umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chegarada vaziyat osoyishtaligicha qolmoqda, janubiy sarhadlarni qo‘riqlash odatdagi tartibda olib borilayotir”, - deyilgan bayonotda.
Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid ham turli internet nashrlarida paydo bo‘lgan maqolalarni yolg‘on va asossiz deb atagan.
Vazirlik ommaviy axborot vositalaridan jurnalist etikasiga qat’iy rioya qilishga, o‘z manbalarida noto‘g‘ri va tekshirilmagan ma’lumotlarni joylashtirishdan saqlanishga chorlab qolgan.
Siyosatshunoslar Termiz o‘qqa tutilgani aytilgan feyk haqida qanday fikrda
Yangiliklar lentasi
0