https://oz.sputniknews-uz.com/20220505/abrorjon-polatov-milliy-media-assotsiatsiyasiga-bosh-direktor-boldi-24374234.html
Abrorjon Poʻlatov Milliy media assotsiatsiyasiga bosh direktor boʻldi
Abrorjon Poʻlatov Milliy media assotsiatsiyasiga bosh direktor boʻldi
Kuni kecha OʻzEOAVMA Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi nomi bilan qayta tashkil etildi. 05.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-05T17:23+0500
2022-05-05T17:23+0500
2022-05-05T17:23+0500
siyosat
milliy media assotsiatsiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/05/24373973_0:138:791:582_1920x0_80_0_0_eeda2a862e2511a25effdc1d0a31b320.jpg
TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Abrorjon Poʻlatov Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bosh direktori etib tayinlandi.Assotsiatsiya matbuot xizmatining Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, hozirda Sherzodxon Qudratxoʻja boshchiligida yangi jamoa shakillantirilmoqda.Abror Poʻlatov 1986 yil 12 fevralda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 2006 yil Toshkent islom universitetining huquqshunoslik fakultetini, 2008 yil OʻzMU Oliy jurnalistika kursini tamomlagan. U siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori.Poʻlatov 2007-2019 yillarda IIV Transport IIBB , "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi matbuot kotibi, “Avtoradio media” xususiy korxonasi direktori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita matbuot kotibi lavozimida ishlagan.Tayinlovga qadar Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (OʻzEOAVMA) bosh direktorining ijodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.Qayd etish joiz, kuni kecha OʻzEOAVMA Oʻzbekiston Milliy Media Assotsiatsiyasi nomi bilan qayta tashkil etildi. Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi soʻz va ovoz ahli uchun yangi platforma sifatida vujudga keladi.Yangi platforma oʻz safiga yana koʻplab yangi aʼzolarni qabul qiladi. U media vakillarining muloqot qiladigan, oʻzaro fikr almashadigan maydonga aylanadi.Shuningdek, endilikda mediakontent tayyorlashda meʼdaga tega boshlagan koʻngilochar dasturlardan tahliliy, mushohada qilishga undaydigan koʻrsatuvlar tayyorlanishiga eʼtibor qaratiladi.Maʼlumot uchun, OʻzEOAVMA respublikadagi nodavlat teleradiokanallar, kabel televideniyesi studiyalarini qamrab olgan eng yirik nodavlat-notijorat media tashkiloti hisoblanadi. Hozirda OʻzEOAVMA 18 ta nodavlat telekanal, 19 ta radiokanal, Oʻzbekiston kabel televideniyesiga aʼzo boʻlgan 100 ta elektron OAV (shundan 52 tasi xorijiy kanallar)ni oʻz ichiga oladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/05/24373973_0:64:791:657_1920x0_80_0_0_da493cd3bcede4a88c7c3536a1372bf4.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
milliy media assotsiatsiyasi
Abrorjon Poʻlatov Milliy media assotsiatsiyasiga bosh direktor boʻldi
Kuni kecha OʻzEOAVMA Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi nomi bilan qayta tashkil etildi.
TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Abrorjon Poʻlatov Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bosh direktori etib tayinlandi.
Assotsiatsiya matbuot xizmatining
Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, hozirda
Sherzodxon Qudratxoʻja boshchiligida yangi jamoa shakillantirilmoqda.
Abror Poʻlatov 1986 yil 12 fevralda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 2006 yil Toshkent islom universitetining huquqshunoslik fakultetini, 2008 yil OʻzMU Oliy jurnalistika kursini tamomlagan. U siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori.
Poʻlatov 2007-2019 yillarda IIV Transport IIBB , "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi matbuot kotibi, “Avtoradio media” xususiy korxonasi direktori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita matbuot kotibi lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (OʻzEOAVMA) bosh direktorining ijodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Qayd etish joiz, kuni kecha OʻzEOAVMA Oʻzbekiston Milliy Media Assotsiatsiyasi nomi bilan qayta tashkil etildi. Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi soʻz va ovoz ahli uchun yangi platforma sifatida vujudga keladi.
Yangi platforma oʻz safiga yana koʻplab yangi aʼzolarni qabul qiladi. U media vakillarining muloqot qiladigan, oʻzaro fikr almashadigan maydonga aylanadi.
Shuningdek, endilikda mediakontent tayyorlashda meʼdaga tega boshlagan koʻngilochar dasturlardan tahliliy, mushohada qilishga undaydigan koʻrsatuvlar tayyorlanishiga eʼtibor qaratiladi.
Maʼlumot uchun, OʻzEOAVMA respublikadagi nodavlat teleradiokanallar, kabel televideniyesi studiyalarini qamrab olgan eng yirik nodavlat-notijorat media tashkiloti hisoblanadi. Hozirda OʻzEOAVMA 18 ta nodavlat telekanal, 19 ta radiokanal, Oʻzbekiston kabel televideniyesiga aʼzo boʻlgan 100 ta elektron OAV (shundan 52 tasi xorijiy kanallar)ni oʻz ichiga oladi.