Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Azov*” tinch aholini oziq-ovqatga almashtirishni taklif qilmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishVid Mariupolya v storonu metallurgicheskogo kombinata "Azovstal", na territorii kotorogo yeщe ostayutsya boytsы ukrainskix natsionalisticheskix batalonov.
Vid Mariupolya v storonu metallurgicheskogo kombinata Azovstal, na territorii kotorogo yeщe ostayutsya boytsы ukrainskix natsionalisticheskix batalonov. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Azovstal” katakombalarida bugung 200ga yaqin tinch aholi vakillari bor. Ular orasida ayollar, bolalar va qariyalar boʻlishi mumkin.
TOSHKENT, 5 may - Sputnik. “Azovstal” zavodining yer osti inshootlarida bir necha kundan beri yashirinib olgan ukrainalik millatchi jangarilar u yerda garovda ushlab turilgan tinch aholini oziq-ovqat va dori-darmonga almashishni taklif qilishdi, dedi RIA Novostiga korxonani operatsiya shtabi vakili.
"Biz u yerda qolib ketgan tinch aholini qutqarish uchun “Azov*” natsistlari va Ukraina Xavfsizlik xizmati vakillari bilan aloqalarni davom ettirishimiz kerak. Muzokaralar davomida ular bizga tinch aholini oziq-ovqat va dori-darmonga almashtirishni taklif qilishdi. Oʻn besh nafar garovga olingan shaxs evaziga ular bir tonna oziq-ovqat va dori darmon talab qilishmoqda. Ular hech kimni Ukrainaga chiqarib yubormasligini va bundan buyon faqat almashtirishini maʼlum qilishdi”, - dedi agentlik suhbatdoshi.
Shtab vakilining soʻzlariga koʻra “Azovstal” katakombalarida 200ga yaqin tinch aholi vakillari bor. Ular orasida ayollar, bolalar va qariyalar boʻlishi mumkin.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya Suriyada ISHID terrorchilari bilan muzokaralar olib borganlarida ham xuddi shunday usullar qoʻllanilgan edi. Ular ham garovga olingan shaxslarning vazniga yarasha oziq-ovqat talab qilishgan.
Eslatib oʻtamiz Rossiya Qurolli kuchlari va DXR mudofaa kuchlari Marupol shahrini 7 mart kuni qurshab olishgan edi. 21 aprel kuni Sergey Shoygu shahar toʻliq ozod qilinganini eʼlon qildi, biroq Azovstal zavodida millatchi “Azov”* batalonining ikki mingdan ortiq jangarilari qolmoqda. Prezident Vladimir Putin sanoat zonasiga hujumni toʻxtatishni, ammo "hatto chivin uchib chiqa olmaydigan darajada” toʻsib qoʻyishni buyurgan edi.
Millatchilar zavodda tinch aholini garov sifatida ushlab turishibdi. Rossiya qoʻshinlari ularni ozod qilish uchun 30 aprel va 1 may kunlari gumanitar yoʻlaklar ochgan edi. Oʻtgan hafta oxirida yuzdan ortiq odam Azovstalni tark etdi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qoʻshinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yoʻq. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq boʻldi.

KengaytirishYigʻishtirish
* Rossiyada terrorchi deb tan olingan va taʼqiqlangan tashkilot
Yangiliklar lentasi
0