https://oz.sputniknews-uz.com/20220505/braziliyaning-sobiq-prezidenti-ukrainadagi-vaziyatda-aqsh-va-ei-aybdor-deb-hisoblaydi-24371002.html
Braziliyaning sobiq prezidenti Ukrainadagi vaziyatda AQSH va YEI aybdor deb hisoblaydi
Braziliyaning sobiq prezidenti Ukrainadagi vaziyatda AQSH va YEI aybdor deb hisoblaydi
Lula da Silva Ukrainada yuzaga kelgan vaziyatda AQSH va Yevropa ittifoqining aybi bor deb hisoblaydi. 05.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-05T15:12+0500
2022-05-05T15:12+0500
2022-05-05T15:12+0500
dunyoda
braziliya
aqsh
yevropa ittifoqi
ukraina
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/05/24370945_0:224:3243:2048_1920x0_80_0_0_0cc35ede7c74e696cc114ec096f10392.jpg
TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Braziliyaning sobiq prezidenti Lula da Silva AQSH va Yevropa ittifoqi Ukrainadagi vaziyat uchun oʻzining javobgarlik ulushiga ega deb hisoblaydi.“Ukrainaga bostirib kirishning sabablari nima? NATO? AQSH va Yevropa aytishlari mumkin edi: “Ukraina NATOga kirmaydi”. Muammo hal boʻlgan boʻlardi”, - dedi Braziliyaning sobiq rahbari “Time” nashriga bergan intervyusida.Lula da Silvaning fikricha, Bryussel ham Ukrainani YEIga tarkibiga qoʻshish rejalarini jadallashtirishdan voz kechishi kerak edi va bu vaziyat keskinlashining oldini olishga yordam bergan boʻlardi.Ukraina uchun qurol-yarogʻ ortilgan NATO transporti yoʻq qilinadi – Shoygu“Yevropaliklar bir toʻxtamga kelib, deyishlari mumkin edi: “Yoʻq, hozir Ukrainaning YEIga qoʻshilishi uchun qulay fursat emas, keling, bir oz kutamiz”. Ular olov ustiga moy sepmasliklari kerak edi”, - deya qoʻshimcha qildi u.Shuningdek, sobiq prezident Gʻarbning Rossiya bilan muloqot olib borishga ishtiyoqi boʻlmagani qayd etdi. “Ular hatto urinib koʻrishmadi. Muzokaralar deyarli olib borilmoqda”, - dedi siyosatchi va xohish boʻlgan taqdirda vaziyat yechimini izlashga oid muzokaralar 10, 15 yoki 20 kun, hatto bir oy” davom etgan boʻlishi mumkinligini taʼkidladi."Sovuq urushning mevasi": Xitoyda NATOni tarqatib yuborish kerakligi haqida aytildiLula da Silvaning soʻzlariga koʻra, AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi vaziyatda oʻzini notoʻgʻri tutgan. AQSH buning oldini olishi va buning yuz berishiga yoʻl qoʻymasligi mumkin edi.Braziliyaning sobiq prezidenti Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar uchun Moskvaga uchib kelishi kerak edi. Bayden Ukrainaning NATOga kirishi rejalaridan voz kechishini aniq qilib aytishi kerak edi. Sobiq rahbari bunday qarorni Moskvaga yon berish deb hisoblamaydi.
braziliya
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/05/24370945_214:0:2945:2048_1920x0_80_0_0_784586561fc34d357d01469284325d0d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
braziliya, aqsh, yevropa ittifoqi, ukraina
Braziliyaning sobiq prezidenti Ukrainadagi vaziyatda AQSH va YEI aybdor deb hisoblaydi
Lula da Silva Ukrainada yuzaga kelgan vaziyatda AQSH va Yevropa ittifoqining aybi bor deb hisoblaydi.
TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Braziliyaning sobiq prezidenti Lula da Silva AQSH va Yevropa ittifoqi Ukrainadagi vaziyat uchun oʻzining javobgarlik ulushiga ega deb hisoblaydi.
“Ukrainaga bostirib kirishning sabablari nima? NATO? AQSH va Yevropa aytishlari mumkin edi: “Ukraina NATOga kirmaydi”. Muammo hal boʻlgan boʻlardi”, - dedi Braziliyaning sobiq rahbari “
Time” nashriga bergan intervyusida.
Lula da Silvaning fikricha, Bryussel ham Ukrainani YEIga tarkibiga qoʻshish rejalarini jadallashtirishdan voz kechishi kerak edi va bu vaziyat keskinlashining oldini olishga yordam bergan boʻlardi.
“Yevropaliklar bir toʻxtamga kelib, deyishlari mumkin edi: “Yoʻq, hozir Ukrainaning YEIga qoʻshilishi uchun qulay fursat emas, keling, bir oz kutamiz”. Ular olov ustiga moy sepmasliklari kerak edi”, - deya qoʻshimcha qildi u.
Shuningdek, sobiq prezident Gʻarbning Rossiya bilan muloqot olib borishga ishtiyoqi boʻlmagani qayd etdi. “Ular hatto urinib koʻrishmadi. Muzokaralar deyarli olib borilmoqda”, - dedi siyosatchi va xohish boʻlgan taqdirda vaziyat yechimini izlashga oid muzokaralar 10, 15 yoki 20 kun, hatto bir oy” davom etgan boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.
Lula da Silvaning soʻzlariga koʻra, AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi vaziyatda oʻzini notoʻgʻri tutgan. AQSH buning oldini olishi va buning yuz berishiga yoʻl qoʻymasligi mumkin edi.
Braziliyaning sobiq prezidenti Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar uchun Moskvaga uchib kelishi kerak edi. Bayden Ukrainaning NATOga kirishi rejalaridan voz kechishini aniq qilib aytishi kerak edi. Sobiq rahbari bunday qarorni Moskvaga yon berish deb hisoblamaydi.